Navro‘z kunlari metro qay tartibda ishlaydi?
Bu bo‘yicha rasmiy maʼlumot berildi.

“Navro‘z” bayramini nishonlash maqsadida 21-24 mart kunlari dam olish kunlari etib belgilanganligi munosabati bilan "Toshkent metropoliteni" DUK yo‘nalishlarining faoliyati quyidagi tartibda tashkil etiladi:
21-23 mart - dam olish kunlarida metro poyezdlari harakati shanba kungi jadval asosida ish faoliyatini olib boradi. Shuningdek, 24 mart kuni esa metro poyezdlari yakshanba kuni uchun tasdiqlangan jadval asosida soat 05:00 dan harakatlanadi.







