Yoshlar yetakchisiga qo‘shimcha vazifalar yuklatilmoqda
Bu bo‘yicha Prezident qarori qabul qilindi.

Kecha, 20 mart kuni “Mahallalarda futbol infratuzilmasini rivojlantirish va tarmog‘ini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, mahalladagi yoshlar yetakchisiga quyidagi qo‘shimcha vazifalar yuklatiladi:
— mahalla yoshlarini ommaviy va professional futbolga qiziqtirish, shuningdek, bu borada turli targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil etish;
— mahallalarda mavjud bo‘lgan futbol bo‘yicha sport inshootlari hamda boshqa sport maydonchalaridan tizimli va samarali foydalanilishini tashkil etish;
— mahallada futbol bo‘yicha erkaklar va ayollarning turli yosh toifalari kesimidagi “mahalla terma jamoa”larini shakllantirish hamda ularni tayyorlashni tashkil etish;
— mahalla yoshlarining futbol bilan shug‘ullanishi uchun yetarli shart-sharoitlar yaratilganligini tahlil qilib borish hamda futbolni rivojlantirish bo‘yicha sport-taʼlim tashkilotlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan hamkorlikni tizimli yo‘lga qo‘yish;
— mahallalardagi yosh iqtidorli futbolchilarni aniqlash hamda ularni professional futbol taʼlim muassasalariga yo‘naltirib borish;
— mahallalarda futbol infratuzilmasini rivojlantirish, sport inventarlari bilan taʼminlash va mahalla terma jamoalariga qo‘shimcha shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga takliflar kiritish.







