O'zbekiston

Terrorchilar safiga qo‘shilgan jizzaxlik yigit qamaldi

U Suriyadan Turkiyaga borganda qo‘lga tushgan.

Terrorchilar safiga qo‘shilgan jizzaxlik yigit qamaldi

Jizzax viloyatida yashovchi D.Raimov 2023-yilda «instagram» ijtimoiy tarmog‘idan foydalanib, faoliyati taqiqlangan “Tavhid va Jihod katibasi” xalqaro terrorchilik tashkiloti tarafdorlarining g‘oyaviy taʼsiriga tushib qolgan.

 

U mazkur tashkilotning Suriya Arab Respublikasidagi tarafdorlari safiga borib qo‘shilgan va terrorchilik tashkilotida turli g‘oyaviy va harbiy tayyorgarlikdan o‘tayotib, Suriya davlati armiyasi tomonidan amalga oshirilgan harbiy amaliyot natijasida jiddiy jarohat olgan.

 

2023 yil 27 noyabr kuni esa D.Rayimovning sog‘lig‘i yomonlashib, “Tavhid va Jihod” tashkiloti aʼzolari ko‘magi bilan Suriyadan Turkiyaga davolanish maqsadida o‘tgan va aynan shu vaqtda Turkiya huquqni muhofaza qiluvchi organi xodimlari tomonidan qo‘lga olinib, O‘zbekistonga deportatsiya qilingan.

 

JIB Yangiobod tuman sudida mazkur jinoyat ishi ko‘rib chiqilib, D.Raimovga nisbatan tegishli moddalarga asosan 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

 

custom img

“Do‘stlik”dan ikki barobar katta: Qirg‘iziston bilan yangi chegara posti ochiladi

O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida yangi ochiladigan post yuk tashish muddatini bir haftaga qisqartirishi kutilmoqda.

custom img

1 ming gektar va 7 mlrd dollar: Andijonda kamida 70 ming yuqori daromadli ish o‘rni yaratiladi

Andijonda joriy yil uchun rejalashtirilgan 3,5 mlrd dollarlik investitsiyalar tarkibi yetarlicha diversifikatsiya qilinmagani qayd etildi.

custom img

“O‘sishdagi raqamlar emas, oilalar hayotidagi o‘zgarish muhim” — Shavkat Mirziyoyev

Prezident raisligidagi yig‘ilishda Andijon viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy rivoji, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va aholi daromadlarini oshirish masalalari muhokama qilinmoqda.

custom img

“60 mlrd so‘mlik tender” vaʼdasi: tadbirkordan 20 ming dollar olayotganlar ushlandi

Zangiotada uch kishi tadbirkorga IIVga qarashli 4 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida 60 mlrd so‘mlik qurilish va rekonstruksiya ishlarini olib berishni vaʼda qilib, pul talab qilgan.

custom img

Ishga yuborish va “Umra” va’dasi: ikki hududda firibgarlik holatlari aniqlandi

Namanganda ikki fuqaroni Xorvatiyaga ishga yuborish, Farg‘onada esa ikki kishini “Umra” ziyoratiga yuborish evaziga pul talab qilgan shaxslar ushlandi.

custom img

Prezident Andijon shahridagi Boburshoh ko‘chasining ikki qismini bog‘lovchi yangi yo‘lo‘tkazgich bilan tanishdi

Yo‘lo‘tkazgichning umumiy uzunligi 796 metr, kengligi 25,9 metrni tashkil etadi.

custom img

Prezident “Agroklaster Oltinko‘l” korxonasida paxta yetishtirish jarayonini ko‘zdan kechirdi

Shinjon usulida paxta yetishtirish orqali bir gektardan 60–70 sentnergacha hosil olish, suvni 40 foizgacha, o‘g‘itni esa qariyb 30 foizga tejash imkoniyati yaratilmoqda.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Baliqchi tumanidagi «LB Sport» korxonasi faoliyati bilan tanishdi

Korxonada 18 ta sport turi bo‘yicha 65 xil mahsulot ishlab chiqarilib, yiliga 500 ming dona sport anjomi tayyorlanadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"