Jahon

Qozog‘istonni suv bosmoqda

Kecha, 27 mart kuni Aqto‘be havo porti aeroportning uchish-qo‘nish yo‘lagi suv ostida qolgani sababli samolyotlarni qabul qilishni vaqtincha to‘xtatdi.

Qozog‘istonni suv bosmoqda

Toshqinlar, asosan, qishloqlarda kuzatilmoqda. Xususan, Qostanay viloyatidagi suv bosgan aholi punktlaridan bir kechada 150 kishi qutqarib olindi.

 

Harbiy vertolyot evakuatsiyaga yordam berish uchun harakatga keltirildi. Qutqarilgan 150 nafar aholining yarmidan ko‘pi bolalardir.

 

Qayd qilinishicha, Qostanay viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Qozog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining respublika tezkor shtabi Qizil Juldiz, Ekidin, Oqkisi qishloqlari aholisini evakuatsiya qilish bo‘yicha qutqaruv operatsiyasi o‘tkazganini maʼlum qildi.

 

Tadbir Mudofaa vazirligi samolyotlari ishtirokida o‘tkazildi. 150 dan ortiq mahalliy fuqarolar, jumladan, 63 nafar Voyaga yetmaganlar qutqarildi. Odamlar vertolyotda Arkaliq shahridagi evakuatsiya markazlariga yetkazildi.

 

Qostanaylik qutqaruvchilarga yordam berish uchun Sharqiy Qozog‘iston viloyatidan ham mutaxassislar yetib kelgan. Qutqaruv guruhi suv kemalari, sho‘ng‘in uskunalari, suv o‘tkazmaydigan kostyumlar, qutqaruv jiletlari, radiostansiyalar, Sherpa butun er usti avtomashinasi va Kamaz Vaxta avtomobili bilan jihozlangan.

 

Bir kun avval suv toshqinidan 37 kishi evakuatsiya qilingan edi.

 

Viloyat hokimi Qumar Oqsoqalov jabrlanuvchilarga yetkazilgan zararni hokimlik tomonidan qoplanishini aytdi.

 

Bundan tashqari, 27 mart kuni Aqto‘be havo porti aeroportning uchish-qo‘nish yo‘lagi suv ostida qolgani sababli samolyotlarni qabul qilishni vaqtincha to‘xtatdi. Bugun aeroport faoliyati tiklandi.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Qozog‘istonni suv bosmoqda | Zamon.uz