Sport

Messi jarohati sabab "Inter Mayami" o'yinini o'tkazib yuboradi

U hamon tiklanishda davom etmoqda.

Messi jarohati sabab "Inter Mayami" o'yinini o'tkazib yuboradi

 

Argentina terma jamoasi va Mayamining “Inter” klubi hujumchisi Lionel Messi o‘z klubining MLS Amerika ligasidagi navbatdagi o‘yinini o‘tkazib yuboradi.

 

Ertaga, “Inter Mayami” “Nyu-York Siti” bilan o‘yin o'tkazadi, biroq argentinalik futbolchi avvalroq olgan jarohati tufayli unda ishtirok etmaydi. 36 yoshli futbolchi Argentinaning Salvador va Kosta-Rikaga qarshi ikkita o‘yinini o‘tkazib yuborgan va tiklanishda davom etmoqda.

 

Joriy mavsumda Messi barcha musobaqalarda beshta uchrashuvda ishtirok etib, beshta gol va ikkita golli uzatmaga mualliflik qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"