O'zbekiston

Londonda O‘zbekiston savdo uyi ochilishi kutilmoqda

Bu orqali tadbirkorlarga yangi biznes imkoniyatlarni ochish maqsad qilingan.

Londonda O‘zbekiston savdo uyi ochilishi kutilmoqda

 

Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari Umidbek Safarov O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchisi Ravshan Usmonov bilan uchrashdi.

 

Elchi o‘zbekistonlik mehmonlarni tashrif bilan qutlab, tomonlar «IFE 2024» oziq-ovqat va ichimliklar xalqaro ko‘rgazmasi yakunlari bo‘yicha fikrlar bilan o‘rtoqlashdi.

 

Uchrashuv davomida tomonlar ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va boshqa sohalardagi hamkorlikning bugungi holati va uni yana-da rivojlantirish istiqbollari, jumladan, hududlararo hamkorlikni rivojlantirish, bu orqali mahalliy ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish masalalari ko‘rib chiqildi.

 

Shuningdek, London shahrida O‘zbekiston savdo uyini tashkil etish imkoniyatlariga eʼtibor qaratildi. Bundan ko‘zlangan maqsad Buyuk Britaniya bilan ishbilarmonlik va iqtisodiy aloqalarni ko‘paytirish va mustahkamlash, shu bilan birga,tadbirkorlar uchun yangi biznes imkoniyatlarini ochishdir.

 

Uchrashuv yakunida joriy yil davomida tomonlar tarafidan hamkorlik borasida amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha kelishib olindi.

custom img

Angrenda bemor “probasiz” ukol ortidan komaga tushdimi? Holat yuzasidan tekshiruv boshlandi

Tekshiruv yakunlari asosida holatga huquqiy va tibbiy jihatdan baho berilishi ma’lum qilindi.

custom img

«Chiqarilgan hukmdan ozgina noroziman»: tayinlangan jazo yuzasidan sud munosabat bildirdi

Toshkent shahar sudi YPX inspektori o‘limiga sababchi bo‘lgan sudlanuvchiga 2,4 yillik jazo berilgani yuzasidan izoh berdi.

custom img

"Yil o‘qituvchisi" tanlovi: Qoraqalpog‘istonlik pedagog 50 ming dollar mukofotni qo‘lga kiritdi

Respublika bo‘yicha 208 nafar, Qoraqalpog‘istondan esa 17 nafar o‘qituvchi ushbu tanlovda g‘olib deb topildi.

custom img

Toshkent osmonida yorqin obyekt kuzatildi: mutaxassislar dastlabki xulosani berdi

Toshkent osmonida kuzatilgan yorqin obyekt meteor yoki bolid emasligi aytildi. Hodisa Xitoydan uchirilgan raketa bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

custom img

616 mln so‘mlik mukofot: “Yil o‘qituvchisi” g‘oliblari aniqlandi

Tanlovda 46 mingdan ortiq pedagog ishtirok etdi. G‘oliblar uch bosqichda saralandi.

custom img

17 yoshli o‘quvchi gashish bilan ushlandi: jo‘natma Rossiyadan yuborilgan

Giyohvandlik vositalari konserva qutisiga yashirilgan bo‘lgan.

custom img

Toshkentda havo keskin ifloslandi: mutaxassislar asosiy sabablarni ma’lum qildi

19-sentyabr soat 21:00 dan 20-sentyabr soat 04:00 gacha Toshkentda havo sifati vaqtincha yomonlashib, AQI 101–150 — sezgir guruhlar uchun zararli darajaga yetishi mumkin.

custom img

Qoraqalpog‘istonni rivojlantirish va aholi farovonligini oshirish bo‘yicha yangi vazifalar belgilandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Qoraqalpog‘istonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"