O'zbekiston

Prezident yo‘l qurilishiga oid rejalar bilan tanishdi

Davlat rahbari qishloqlarda qulay yo‘l-transport infratuzilmasini yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Prezident yo‘l qurilishiga oid rejalar bilan tanishdi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev avtomobil yo‘llari qurilishiga oid rejalar taqdimoti bilan tanishdi.

 

O‘zbekistonda xalqaro va mahalliy yo‘llar tarmog‘ini rivojlantirish, transportlar harakatiga qulaylik yaratish maqsadida ko‘plab loyihalar ishlab chiqilgan. Jumladan, Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Sement-beton qoplamali ichki yo‘llarni qurish” loyihasi ko‘zda tutilgan. Loyiha doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi 86 ta tumanda, 770 mingdan ziyod aholi istiqomat qiladigan 272 ta mahalladagi 841 kilometr yo‘llar sement-beton qoplama bilan yangidan quriladi. Bunga Osiyo taraqqiyot bankining 240 million dollarlik qarz mablag‘i yo‘naltiriladi.

 

Qurilish hamda texnik nazorat ishlari to‘liq mahalliy pudratchilar – xususiy tadbirkorlar va mahalliy muhandislar tomonidan amalga oshiriladi. Yo‘llar foydalanishga qabul qilinganidan so‘ng, bosh pudratchi tomonidan 5 yil davomida kafolatli soz holatda saqlanadi va ekspluatatsiya qilinadi.

 

Yana bir loyiha xalqaro ahamiyatdagi M39 “Olmaota – Bishkek – Toshkent – Shahrisabz – Termiz” magistral avtomobil yo‘lining 1255-1315 kilometrlarini rekonstruksiya qilishga qaratilgan. Yo‘lning bu qismi Dehqonobod tumani markazi Qorashina shaharchasidan o‘tgan bo‘lib, hozirgi kunda tor va taʼmirtalab.

 

Loyiha doirasida 60 kilometr uzunlikdagi yo‘l sement-beton qoplamadan 4 tasmali qilib quriladi. Dehqonobod tumani markazini aylanib o‘tuvchi 17 kilometrlik yangi yo‘l, 14 ta ko‘prik va yo‘l o‘tkazgichlar barpo etiladi. Bu Islom taraqqiyot banki va OPEK xalqaro taraqqiyot jamg‘armasidan jalb etiladigan qariyb 154 million dollar hisobidan moliyalashtiriladi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 10 oktyabrdagi qarorida umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari ro‘yxatini qaytadan tuzish vazifasi belgilangan. Shuningdek, tajriba-sinov tariqasida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va har bir viloyatda 20 kilometrdan avtomobil yo‘lini ekspluatatsiya qilishga autsorsing asosida xususiy sektor jalb qilinadigan yo‘llar ro‘yxati tasdiqlangan.

 

Taqdimotda shu borada amalga oshirilayotgan ishlar va joriy yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar haqida axborot berildi.

 

Davlat rahbari yo‘llarni sifatli qurish, taʼmirlanadigan ko‘chalar bo‘yida daraxtlarni o‘stirish orqali hudud ekologiyasini yaxshilash, qishloqlarda qulay yo‘l-transport infratuzilmasini yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Kuz-qish mavsumida gaz resurslari mavjud hajm va ob-havo sharoitidan kelib chiqib taqsimlanadi.

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Sud tomonidan tayinlangan jinoiy jarima MIB tomonidan to‘liq undirilib, sud hujjati ijrosi taʼminlandi.

Jizzaxda soliq qarzi sabab ikkita BYD xatlandi

Jizzaxda soliq qarzi sabab ikkita BYD xatlandi

Qarzdorlik bartaraf etilmagan taqdirda, mashinalar auksionda sotiladi.

Porshen va avtomobil ehtiyot qismlari orasidagi narkotiklar: ikki kishi ushlandi

Porshen va avtomobil ehtiyot qismlari orasidagi narkotiklar: ikki kishi ushlandi

Surxondaryoda narkotik moddalarni avtomobil ehtiyot qismlariga yashirib olib kirish va qabul qilib olish bilan bog‘liq holat fosh etildi.

Dorilarni retseptsiz olish tartibi o‘zgardi: yangi mezonlar belgilandi

Dorilarni retseptsiz olish tartibi o‘zgardi: yangi mezonlar belgilandi

Endi ikki yoki undan ortiq faol moddali dorilar ham retseptsiz sotiladigan toifaga kiritililadi.

Shvetsiya ish beruvchilari o‘zbekistonlik kadrlarga qiziqmoqda:  qaysi sohalarga talab bor?

Shvetsiya ish beruvchilari o‘zbekistonlik kadrlarga qiziqmoqda:  qaysi sohalarga talab bor?

Kadrlar yetishmayotgan shimoliy hududlarida o‘zbekistonlik kadrlarni tayyorlash va ishga jalb etish masalasi muhokama qilindi.