Toshkent hayvonot bog‘iga kirish narxi oshdi
Bugundan yangi narxlar amalda bo‘ladi.

Bugun, 2 apreldan Toshkent hayvonot bog‘iga kirish chiptalari narxlari oshiriladi. Bu haqda bog‘ maʼmuriyati maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, bunday qaror hayvonlarni parvarishlash va davolash xarajatlari o‘sishi munosabati bilan qabul qilingan.
Endilikda kirish chiptalarining narxi quyidagicha bo‘ladi:
- 7 yoshdan 16 yoshgacha bolalar uchun — 25 ming so‘m (avval 20 ming so‘m);
- 16 yoshdan kattalar uchun — 40 ming so‘m (35);
- Nafaqadagi fuqarolar uchun — 25 ming so‘m (20);
- Xizmatini o‘tayotgan harbiylar uchun — 25 ming so‘m (20);
- Imkoniyati cheklangan shaxslar uchun — bepul;
- 7 yoshdan kichik bolalar uchun — bepul.
Bu qaror, shuningdek, chorva yemi narxining oshishi, kommunal xizmatlar (elektr energiyasi, gaz, suv) narxining oshib ketishining o‘rnini qoplash va hayvonlarni parvarish qilishni yuqori darajada saqlash zarurati bilan bog‘liq.







