Sport

38 jamoa orasida ikkinchi o'rin

Paradzyudochilarimiz Antaliya Gran-Prisida muvaffaqiyatli ishtirok etishdi.

38 jamoa orasida ikkinchi o'rin

 

1-2 aprel kunlari Turkiyada paradzyudo bo‘yicha Antaliya Gran-Prisi o‘tkazildi. Xalqaro turnirda dunyoning 38 mamlakatidan 200 dan ziyod polvonlar o‘z vazn toifalarida g‘oliblik uchun tatamiga tushishdi.

 

 

Parasportchilar uchun muhim reyting ochkolarini beruvchi mazkur turnirning dastlabki kunida J2 klassida 60 kg vaznda Sherzod Namozov va 73 kgda Uchqun Quronboyevlar barcha raqiblarini imkoniyatsiz qoldirib shohsupaning yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.

 

Navbatdagi kun bellashuvlari ham vakillarimiz uchun omadli o‘tdi. Jumladan 90 kggacha bo‘lgan vazn toifasida Daurxon Karomatov navbatdagi oltin medalni jamoa hisobiga qo‘shib qo‘ygan bo‘lsa yana bir polvonimiz 90 kgdan og‘ir vazndagi sportchilar o‘rtasida Alovuddi Jo‘raqulov bronza medaliga ega chiqdi.

 

 

Xalqaro turnir yakunlariga ko‘ra umumjamoa hisobida, 38 mamlakat vakillari orasida paradzyudochilarimiz Chin o‘lkasi vakillaridan keyin ikkinchi pog‘onani band etdi. Kuchli uchlikni Braziliya jamoasi yakunlab berdi.

U-17 JCH: O‘zbekiston Italiyaga yutqazdi

U-17 JCH: O‘zbekiston Italiyaga yutqazdi

Mag‘lubiyatga qaramasdan, o‘zbekistonlik futbolchilar guruhdan chiqish imkoniyatini saqlab qoldi.

Jahon toji uchun kurash boshlandi: Sindarov va Gukesh hisobni teng ochkolar bilan boshladi

Jahon toji uchun kurash boshlandi: Sindarov va Gukesh hisobni teng ochkolar bilan boshladi

Sindarov va Gukesh o‘rtasidagi bahs jahon chempionligi tarixidagi eng yosh match bo‘ldi.

U-17 JCH: O‘zbekiston Yamaykani 6:2 hisobida mag‘lub etdi

U-17 JCH: O‘zbekiston Yamaykani 6:2 hisobida mag‘lub etdi

O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi

U17-JCH: O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi musobaqani mag‘lubiyat bilan boshladi

U17-JCH: O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi musobaqani mag‘lubiyat bilan boshladi

Sergey Chigodayev shogirdlari o'yin yakuniga oz qolganda o'z darvozasidan to'p o'tkazib yuborib bir ochkodan mahrum bo'ldi.

O‘rtoqlik uchrashuvi: O‘zbekiston Saudiya Arabistonini mag‘lub etdi

O‘rtoqlik uchrashuvi: O‘zbekiston Saudiya Arabistonini mag‘lub etdi

Uchrashuvda Sherzod Esanov dubl muallifiga aylandi.

Ronaldinio yana maydonda: afsonaviy futbolchi rasmiy o‘yinda qatnashmoqda

Ronaldinio yana maydonda: afsonaviy futbolchi rasmiy o‘yinda qatnashmoqda

46 yoshli futbolchi Italiyaning “Ravenna” klubi safida “Forli”ga qarshi bahsni asosiy tarkibda boshladi.

O‘rtoqlik uchrashuvi: O‘zbekiston Rossiyaga imkoniyatni boy berdi

O‘rtoqlik uchrashuvi: O‘zbekiston Rossiyaga imkoniyatni boy berdi

Mezbonlar ikki to‘p farqi bilan oldinda borayotganiga qaramay, ustunlikni saqlab qola olmadi.

Infantino JChni kengaytirish fikridan qaytdi: jamoalar soni 48 ta bo‘lib qoladi

Infantino JChni kengaytirish fikridan qaytdi: jamoalar soni 48 ta bo‘lib qoladi

The Times ma’lumotiga ko‘ra, musobaqani kengaytirish taklifi UEFA va Osiyo futbol konfederatsiyasi qarshiligiga uchragan.