Sport

Velosport bo‘yicha 2 ta oltin medal qo‘lga kiritildi

Shveysariyada bo‘lib o‘tgan “Lifeʼs An Omnium Madison” xalqaro musobaqada hamyurtlarimiz g‘alaba qozondi.

Velosport bo‘yicha 2 ta oltin medal qo‘lga kiritildi

Velotrek bo‘yicha “Tashkent City Women Professional Cycling Team” jamoasi Shveysariyadagi “Lifeʼs An Omnium Madison” musobaqasida ishtirok etdi. Sportchilarimiz ushbu turnirda 2 ta oltin medalga sazovor bo‘lishdi. Shiddatli ruhda kechgan bellashuvlarda Nafosat Koziyeva ochkolar poygasi, Margarita Misyurina esa sprint dasturida tengsiz bo‘ldi.

 

Ochkolar poygasi:

🥇Nafosat Koziyeva (O‘zbekiston)

🥈Martina Alzini (Italiya)

🥉Valentina Zanzi (Italiya)

Sprint:

🥇Margarita Misyurina (O‘zbekiston)

🥈Alina Zeyts (Shveysariya)

🥉Ori Bash (Isroil)

 



Tanzila Narbayeva sportchi qizlarni g‘alaba bilan tabrikladi: "Nafosat Qo‘ziyeva va Margarita Misyurina mamlakatimizni jahon miqyosida munosib himoya qilib, yuksak sport yutuqlarini namoyish etdi".

 

"Bunday g‘alabalar tasodifiy emas - ular mehnat, matonat va doimo yuksaklikka intilish natijasi. Sportchilarimizni tabriklayman va yangi yorqin g‘alabalar yor bo‘lishini tilab qolaman!" — deb qayd qilingan Senat raisining sahifasida.


Velosport bo‘yicha 2 ta oltin medal qo‘lga kiritildi | Zamon.uz