Metroda qizga shilqimlik qilgan erkak qamaldi
U sudda yengilroq jazo so‘ragan.

1-aprel kuni A.N. metro yo‘nalishidagi elektropoyezd vagoni ichida o‘ziga notanish bo‘lgan J.J.ning belidan past qismini qo‘li bilan ushlab, shahvoniy shilqimlik qilganligi aniqlangan.
Sud majlisida huquqbuzar A.N. o‘zining yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan holatdagi aybiga iqrorligini, haqiqatdan ham 2024 yil 1 aprel kuni soat 14:10 atrofida Toshkent shahar Chilonzor tumanida joylashgan metropolitenning “Chilonzor metro” yo‘nalishidagi elektropoyezd vagoni ichida o‘ziga notanish bo‘lgan fuqaro J.J.ning belidan past qismini qo‘li bilan ushlaganligini, hozirda qilmishidan pushaymonligini, bundan keyin bu kabi harakatlarni sodir etmasligini bildirib, suddan unga nisbatan yengillik berishni so‘radi.
Jabrlanuvchi J.J. haqiqatdan ham 2024 yil 1 aprel kuni soat 14:10 larda Toshkent shahar Chilonzor tumanida joylashgan metropolitenning “Chilonzor metro” yo‘nalishidagi elektropoyezd vagoni ichida o‘ziga notanish bo‘lgan fuqaro A.N. uning bel qismi va tanasining boshqa qismlarini qo‘li bilan ushlaganligini bildirib, suddan huquqbuzar A.N.ga nisbatan og‘irroq jazo tayinlashni so‘ragan.
Sud hukmiga ko‘ra, sudlanuvchi A.N. MJtK 41-1-moddasining 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilgan deb topilsin va unga nisbatan 5 (besh) sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.







