O'zbekiston

Zomin qo‘riqxonasidan ayiq qochib ketganligi aytilmoqda

Holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

Zomin qo‘riqxonasidan ayiq qochib ketganligi aytilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda Zomin tog‘-o‘rmon davlat qo‘riqxonasidan ayiq qochib ketganligi haqida xabarlar tarqalmoqda. Holat yuzasidan Jizzax viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.

 

Qayd etilishicha, Zomin davlat qo‘riqxonasida ayiqlar tabiiy ravishda yashaydi. Qo‘riqxona xodimlarining so‘zlariga  ko‘ra, shu kecha-kunduzda bu hududda ayiqning qochib ketganligi holati kuzatilmagan.

 

"Shunday ekan, ijtimoiy tarmoqda tarqalgan xabar yolg‘on ekanini maʼlum qilib, aholidan ortiqcha xavotirga tushmasliklarini so‘rab qolamiz", deyiladi xabarda. 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"