Farg‘onada o‘qituvchi ayovsiz kaltaklab ketildi
Holat yuzasidan viloyat IIB ma'lumot berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘onada o‘qituvchi o‘quvchining qarindoshi tomonidan kaltaklangani aks etgan video tarqaldi.
Maʼlum bo‘lishicha, 1 aprel kuni Toshloq tumani “Sadda” MFYda joylashgan 25-sonli maktabning jismoniy tarbiya o‘qituvchisi va fuqaro o‘rtasida o‘zaro kelishmovchilik sababli janjal kelib chiqqan. Oqibatda fuqaro o‘qituvchini urib, unga tan jarohati yetkazgan.
Hozirda o‘qituvchining olgan tan jarohatinining og‘irlik darajasini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan hamda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Holat viloyat IIB tomonidan nazoratga olingan.







