O'zbekiston

1-maydan elektr va gaz narxi o‘zgaradi

Bu bo‘yicha Hukumat qarori qabul qilindi.

1-maydan elektr va gaz narxi o‘zgaradi

O‘zbekistonda 1-maydan elektr energiyasi va gaz uchun tariflar tabaqalashtirilgan tartibda o‘zgaradi.

 

Hukumatning “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan yoqilg‘i-energetika resurslarining 2024−2025 yillarda bosqichma-bosqich o‘zgaradigan yangi narxlari hamda 2024 yilning 1 mayidan aholi uchun elektr-energiyasi va tabiiy gaz bir oylik isteʼmolining bazaviy meʼyorlari tasdiqlangan.

 

1 maydan elektr energiyasi narxi isteʼmolchilarning I va II guruhlari uchun o‘zgarishsiz – 1 kVt/soat uchun mos ravishda 1000 so‘m va 900 so‘mdan qoldirilmoqda.

 

Isteʼmolchilarning III guruhi, shu jumladan, markazlashgan holda elektr plitalar bilan jihozlangan ko‘p qavatli uy-joylar va yotoqxonalarda yashovchi maishiy isteʼmolchilar uchun 1 oydagi isteʼmoldan kelib chiqib quyidagicha belgilanmoqda:

 

  • oyiga 200 kVt/soatgacha – 225 so‘m;

  • oyiga 201 kVt/soatdan 1 000 kVt/soatgacha – 450 so‘m;

  • oyiga 1 001 kVt/soatdan 5 000 kVt/soatgacha – 675 so‘m;

  • oyiga 5 001 kVt/soatdan 10 000 kVt/soatgacha – 787,5 so‘m;

  • oyiga 10 000 kVt/soat va undan yuqori – 900 so‘m.

 

Qolgan maishiy isteʼmolchilar uchun esa bir oydagi isteʼmoldan kelib chiqib:

  • oyiga 200 kVt/soatgacha – 450 so‘m;

  • oyiga 201 kVt/soatdan 1 000 kVt/soatgacha – 900 so‘m;

  • oyiga 1 001 kVt/soatdan 5 000 kVt/soatgacha – 1 350 so‘m;

  • oyiga 5 001 kVt/soatdan 10 000 kVt/soatgacha – 1 575 so‘m;

  • oyiga 10 000 kVt/soat va undan yuqori – 1 800 so‘mdan etib belgilanmoqda.

 

Isteʼmolchilarning IV guruhi uchun ham narxlar o‘zgarishsiz – 1 kVt/soat uchun 900 so‘mdan qolyapti.

 

Qarorda tabiiy gaz yetkazib berish narxidagi o‘zgarishlar ham keltirilgan. Barcha isteʼmolchilar uchun to‘lov miqdori o‘zgarishsiz – bir kubometr uchun 1 500 so‘mdan qolmoqda.

 

Yirik ulgurji isteʼmolchilar hamda byudjet tashkilotlari uchun ham tabiiy gaz narxi o‘zgarishsiz – bir kubometr uchun 1 800 so‘mligicha saqlanadi.

 

Kommunal-maishiy ehtiyojlar uchun aholiga mavsumga qarab narx belgilanmoqda. Noyabrdan fevralgacha, isitish mavsumida aholiga yetkazib beriladigan tabiiy gazning bir kubometr narxi quyidagicha belgilandi:

 

  • 500 kub metrgacha isteʼmol uchun 380 so‘mdan 650 so‘mgacha;

  • 500dan 2500 kub metrgacha 1500 so‘mdan;

  • 2 500dan 5 ming kub metrgacha 1950 so‘mdan;

  • 5 mingdan 10 ming kub metrgacha 2275 so‘mdan;

  • 10 ming kub metrdan yuqori isteʼmol uchun 2 600 so‘m.

 

Mart-oktyabr oylarida gaz isteʼmoli uchun tariflar quyidagicha beligilandi:

  • 100 kub metrgacha – 650 so‘m;

  • 101 kub metrdan 2500 kub metrgacha – 1500 so‘m;

  • 2500 kub metrdan 5000 kub metrgacha – 1950 so‘m;

  • 5 ming kub metrdan 10 ming kub metrgacha – 2275 so‘m;

  • 10 ming kub metrdan va undan yuqori isteʼmol uchun – 2600 so‘mdan bo‘ladi.

 

Shuningdek, aholi uchun suyultirilgan gaz tarifi 1 kgga 1120 so‘mdan 1600 so‘mga oshadi. 1 iyuldan avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalariga yetkazib beriladigan gaz narxi 1500 so‘mdan 1800 so‘mga oshadi.

O‘zbekistonda ob-havo keskin o‘zgaradi: ayrim hududlarda harorat 7 darajagacha sovuq bo‘ladi

O‘zbekistonda ob-havo keskin o‘zgaradi: ayrim hududlarda harorat 7 darajagacha sovuq bo‘ladi

Ayrim hududlarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi, shimoliy va tog‘li joylarda esa qor kuzatilishi mumkin.

Toshkent aholisi uchun yangilik: isitish mavsumi boshlanish sanasi belgilandi

Toshkent aholisi uchun yangilik: isitish mavsumi boshlanish sanasi belgilandi

Toshkent shahar hokimining tegishli qaroriga muvofiq, 2026–2027 yilgi isitish mavsumi doirasida poytaxtda xonadonlar va ijtimoiy soha obyektlariga issiqlik berish bosqichma-bosqich boshlanadi.

O‘zbekiston Prezidentining Qozog‘istonga amaliy tashrifi yakunlandi

O‘zbekiston Prezidentining Qozog‘istonga amaliy tashrifi yakunlandi

Shavkat Mirziyoyevni Qasim-Jomart Toqayev kuzatib qo‘ydi.

O‘zbekiston Prezidenti Iordaniya Podshohi bilan uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston Prezidenti Iordaniya Podshohi bilan uchrashuv o‘tkazdi

Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasida ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Toshkentda havo sifati yaxshilandi: “yashil” daraja qayd etildi

Toshkentda havo sifati yaxshilandi: “yashil” daraja qayd etildi

Poytaxt havosida PM zarrachalari tarqalishi ortidan havo sifati yaxshilandi.

Ishga kirish uchun 400 dollar: Samarqandda maktab direktori ushlandi

Ishga kirish uchun 400 dollar: Samarqandda maktab direktori ushlandi

U fuqaroni o‘qituvchi lavozimiga ishga qabul qilish evaziga pul talab qilgan.

Yangi texnologiyalar va xavfsizlik: Samarqandda ShHT+ ekspertlarining ilk uchrashuvi o‘tkazilmoqda

Yangi texnologiyalar va xavfsizlik: Samarqandda ShHT+ ekspertlarining ilk uchrashuvi o‘tkazilmoqda

Tadbirda a’zo davlatlar, kuzatuvchilar va hamkor mamlakatlar maxsus xizmatlari vakillari qatnashmoqda.

Pulni qaytarish muddati yo‘q, kafolat belgilanmagan: 132 ta quruvchi shartnomasida kamchilik topildi

Pulni qaytarish muddati yo‘q, kafolat belgilanmagan: 132 ta quruvchi shartnomasida kamchilik topildi

9 oyda fuqarolardan qurilish sifati va obyektlarning kech topshirilishi yuzasidan 1 700 dan ortiq shikoyat kelib tushgan.