O'zbekiston

Buxoroda “Nexia-3” ikki buklanib qoldi — video

Haydovchi mashinani yuqori tezlikda boshqargan va ko‘cha muyulishida to‘siqqa uchragan.

Buxoroda “Nexia-3” ikki buklanib qoldi — video

Buxoroda “Nexia-3” avtomashinasi ikki buklanib qoldi. Vafot etgan yoxud og‘ir jarohatlanganlar yo‘q, deya maʼlum qildi viloyat IIB JXX YHXB axborot xizmati boshlig‘i Ulug‘bek Shukurlayev.

 

Taʼkidlanishicha, holat ikki kun ilgari Buxoro shahridagi Qizilqum ko‘chasida sodir bo‘lgan. “Nexia-3” avtomashinasi egasi, fuqaro Y.S. avtomashinani yuqori tezlikda boshqargan va ko‘cha muyulishida to‘siqqa uchragan. Kuchli zarbali urinish oqibatida voqea joyining o‘zida “Nexia-3” teng o‘rtasidan bukilib ketgan.

 

"Biz voqea sodir bo‘lgan vaqtning o‘zida haydovchiga yordamga shoshdik. Haydovchi og‘ir jarohatlanmagan. Yengil tan jarohati olgan ekan. Aholi gavjum joyda haydovchining eʼtiborsizligi, yo‘l harakati qoidalariga amal qilmasligi bundan ham og‘ir oqibatlarni keltirib chiqarishi, o‘ziga yoxud o‘zgalar hayotiga daxl qilishi mumkin edi", — deydi fuqarolardan biri.

 

Ulug‘bek Shukurlayevning so‘ziga ko‘ra, holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Tanzila Norboyeva “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlandi

Oliy Majlis Senati raisi davlat va jamiyat boshqaruvi, parlament faoliyatini rivojlantirish hamda demokratik islohotlarni amalga oshirishdagi xizmatlari uchun hamda tavalludining 70 yilligi munosabati bilan taqdirlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyevni tavallud kuni bilan xorijiy davlatlar rahbarlari tabriklamoqda

Shavkat Mirziyoyevning tavallud kuni munosabati bilan xorijiy davlatlar rahbarlari, xalqaro tashkilotlar va taniqli jamoat arboblari tabrik yo‘llab, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar hamda mamlakatning xalqaro nufuzini yuksaltirish borasidagi natijalarni yuqori baholadi.

custom img

Buxoroda 60 dan ortiq fuqaroni chuv tushirgan guruh fosh etildi

Gumonlanuvchilar qo‘lga olinganda ulardan o‘nlab bank kartalari, SIM-kartalar hamda maxsus mobil qurilmalar ashyoviy dalil sifatida olingan.

custom img

Buxoro shahrining bosh rejasi tasdiqlandi

Rejaga ko‘ra, hisob davrida shahar hududi 7 966,78 gektardan 11 847,06 gektargacha kengayadi. Magistral ko‘chalarning uzunligi 102,6 kilometrdan 203 kilometrgacha oshiriladi.

custom img

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Xitoyning yetakchi muzeylari bilan hamkorlikni kengaytiradi

O‘zbekistonning Pekindagi elchixonasida Islom sivilizatsiyasi markazining Xitoyning yetakchi muzeylari bilan yangi hamkorlik dasturi taqdim etildi.

custom img

Rejep Tayyip Erdog‘an Shavkat Mirziyoyevni tavallud kuni bilan qutladi

O‘zbekiston Prezidenti Turkiya Prezidentiga rasmiy tashrif bilan mamlakatga kelishni taklif etdi.

custom img

“Toshkentga 'yashil shahar' maqomi qaytariladi” — Saida Mirziyoyeva

Saida Mirziyoyeva Toshkentdagi qator bog‘ va jamoat maskanlarini ko‘zdan kechirdi.

custom img

Chirchiqda Lacetti daraxtga urildi, haydovchi halok bo‘ldi

Avtomobilda bo‘lgan yo‘lovchilar esa shifoxonaga olib borilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"