O'zbekiston

Metroda qizga shilqimlik qilgan yana bir yigit 5 sutkaga qamaldi

Yigit tiqilinchda qizga bilmay tegib ketganini aytgan. Qiz esa yigit bu ishni qilayotganda qo‘lidan ushlab olgani va gaplashib olmoqchi bo‘lganida yigit qochib ketganini bildirgan.

Metroda qizga shilqimlik qilgan yana bir yigit 5 sutkaga qamaldi

2024 yil 9 aprel kuni Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tumani sudida metroda o‘ziga notanish qizga shilqimlik qilgan yigit ustidan sud hukmi o‘qildi.

 

Sud majlisida so‘roq qilingan huquqbuzar, 1999 yilda tug‘ilgan X.A.ning ko‘rsatuviga ko‘ra, u 2024 yil 27 mart kuni “Paxtakor” metro bekatidan "Novza" bekatiga qarab harakatlangan, metro ichida odamlar ko‘p bo‘lgani sababli odamlar bir-biriga tegib turgan. X.A. o‘sha vaqtda o‘zi bilmagan holda qizning beldan pastki qismiga tegib ketganini, hozirda qilgan ishidan pushaymonligini, unga nisbatan yengillik berishni so‘radi.

 

Sud majlisida so‘roq qilingan jabrlanuvchi qiz “Oybek” metro bekatidan "Novza" metro bekatiga qarab harakatlanganini, metroda ketayotgan vaqtida X.A. unga nisbatan uyatli harakatlar qilganini aytdi. Qiz dastlab metroda odam ko‘p bo‘lgani sababli orqasida turgan qiz bolaning sumkasi tegib ketgan deb o‘ylagan, so‘ngra unga yana tegina boshlaganida X.A.ning qo‘lidan ushlab olgan. Gaplashib olish maqsadida X.A.ning orqasidan borganiga qaramasdan yigit qochib ketgan. Jabrlanuvchi huquqbuzarga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘radi.

 

Sud X.A. Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41−1-moddasida (Shahvoniy shilqimlik) nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilgan deb topib, unga nisbatan 5 (besh) sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinladi.

custom img

Endi O‘zbekistonda chiqindi topshirib pul ishlash mumkin

Respublikada ilk bor plastik, shisha va alyuminiy idishlarni topshirish evaziga pul to‘laydigan fandomatlar ishga tushirildi. Ushbu uskuna hajmi va turidan qatʼiy nazar har bir idish uchun 150 so‘mdan rag‘bat puli to‘laydi.

custom img

Oltin va kumush tangalar: Samarkanddagi Shaxmat olimpiadasi uchun esdalik tangalari sotuvga chiqariladi

Esdalik tangalari 31,1 grammdan bo‘lib, cheklangan miqdorda zarb etilgan.

custom img

Sud qarorisiz 48 soatdan ortiq ushlab turish mumkin emas: Konstitutsiyaviy sud qaror chiqardi

Shaxsni sud qarorisiz 48 soatdan ortiq ushlab turishga imkon beruvchi norma Konstitutsiyaga muvofiq emas deb topildi.

custom img

O‘zbekiston Qahramoni Parda Ziyatov 79 yoshida vafot etdi

Taniqli fermer vafoti munosabati bilan Prezident Shavkat Mirziyoyev hamdardlik bildirdi.

custom img

Qimmat narxda xarid qilingan suyuq sovun: Samarqandda 1,1 mlrd so‘mlik byudjet mablag‘i talon-toroj qilingan

Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mas’ul shaxslari 90 863 dona suyuq sovunni qimmat narxda xarid qilib, byudjet mablag‘larini talon-toroj qilganlikda gumon qilinmoqda.

custom img

“Jarima maydonchasi” moduli: Toshkentda jarima maydonchalari bo‘yicha yangi tartib

Qonunchilikni buzganlik uchun ushlangan transport vositalarini vaqtincha saqlash joylariga olib kelish, joylashtirish va saqlash tartibi belgilandi.

custom img

Yangi terminal va 3,5 mln yo‘lovchi: Andijon aeroporti imkoniyatlari kengaytiriladi

Andijon xalqaro aeroportini rekonstruksiya qilish loyihasining 1,1 trln so‘mlik ikkinchi bosqichi davom etmoqda. Yangi terminal ishga tushgach, aeroportning yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish quvvati soatiga 1 ming nafargacha oshadi.

custom img

Qaysi hududda qaysi kasbga talab yuqori? Texnikumlarga qabul tahlil qilindi

O‘zbekistonda texnikumlarda eng talabgir kasb va mutaxassisliklar aniqlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"