Jahon

Ekvadorda to‘dalar zo‘ravonligiga qarshi kurash bo‘yicha referendum o‘tkazildi

Prezident Daniel Noboa mamlakatda kuchayib borayotgan zo‘ravonlik bilan kurashib, rejalashtirilgan xavfsizlik choralari uchun saylovchilarning qo‘llab-quvvatlashiga umid qilmoqda.

Ekvadorda to‘dalar zo‘ravonligiga qarshi kurash bo‘yicha referendum o‘tkazildi

21 aprel kuni bo‘lib o‘tgan ommaviy ovoz berishda armiya va politsiya vakolatlarini kengaytirish, qurol nazoratini kuchaytirish va uyushgan guruhlar jinoyatlari uchun jazoni qatʼiylashtirish bo‘yicha qarorlar qabul qilindi.

 

Ekvador prezidenti Daniel Noboa ekvadorliklarni politsiya-harbiy patrul xizmatini joriy etish, qidiruvdagi jinoyatchilarni ekstraditsiya qilish, terrorizm va qotillik uchun jazo muddatini uzaytirishni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi. Referendumga jami 11 ta masala qo‘yildi.

 

Yanvar oyida kuchli “Los Choneros” to‘dasi rahbari, narkobaron Adolfo Macias qamoqdan qochib ketganidan so‘ng, Noboa “ichki qurolli mojaro” tufayli favqulodda holat va komendantlik soati eʼlon qildi.

 

Ekvadorda banditizm kuchayishi munosabati bilan prezident Noboa barcha to‘dalarni yo‘q qilishni buyurdi. Farmon bilan u qurolli kuchlarga “ichki qurolli mojaro” rejimini eʼlon qilib, yigirma jinoiy tashkilotga qarshi operatsiyalar o‘tkazishni topshirdi. Farmonda Ekvadorda faoliyat yuritayotgan jinoiy to‘dalar yo‘q qilinishi lozim bo‘lgan terrorchi tashkilotlar va urushayotgan nodavlat tomonlar deb ataladi. Bunga javoban jinoiy guruhlar hukumatga “urush” eʼlon qildi. O‘shandan beri qamoqxonalarda zo‘ravonlik avj oldi, mahbuslar tartibsizliklar uyushtirdi va xodimlarni garovga oldi. Bundan tashqari, Ekvadorda qurolli hujumlar va odam o‘g‘irlashlar soni keskin ortdi.

Italiyada kuchli yog‘ingarchilik: ayrim hududlarni suv bosdi

Italiyada kuchli yog‘ingarchilik: ayrim hududlarni suv bosdi

Liguriya mintaqasida ikki kun davom etgan kuchli yog‘ingarchilik oqibatida ko‘chalar va binolarni suv bosdi, ko‘chkilar yuz berdi.

AQShda tug‘ilish orqali fuqarolik olishga urinish: 6 mingdan ortiq viza bekor qilindi

AQShda tug‘ilish orqali fuqarolik olishga urinish: 6 mingdan ortiq viza bekor qilindi

AQSh Davlat departamenti tug‘ilish turizmini tashkil etishga aloqador shaxslarni aniqlash va javobgarlikka tortish choralarini ko‘rmoqda.

Minglab odamlar uyiga qaytishi mumkin: Rossiya va Ukraina mahbus almashinuvini tayyorlamoqda

Minglab odamlar uyiga qaytishi mumkin: Rossiya va Ukraina mahbus almashinuvini tayyorlamoqda

Bu urush boshlanganidan beri eng yirik mahbus almashinuvi bo'lishi mumkinligi ta'kidlandi.

Tailanddagi qotillik: xalqaro qidiruvdagi o‘zbekistonlik erkak AQSHda qo‘lga olindi

Tailanddagi qotillik: xalqaro qidiruvdagi o‘zbekistonlik erkak AQSHda qo‘lga olindi

Hozirda erkak deportatsiya jarayonini kutib, ICE hibsxonasida saqlanmoqda.

Japarovga yangi raqib: prezidentlik poygasiga yagona ayol nomzod qo‘shildi

Japarovga yangi raqib: prezidentlik poygasiga yagona ayol nomzod qo‘shildi

Qirg‘izistonda prezidentlik lavozimiga da’vogarlar soni 11 nafarga yetdi.

Turkiyada vertolyot qulab tushdi: to‘rt harbiy halok bo‘ldi

Turkiyada vertolyot qulab tushdi: to‘rt harbiy halok bo‘ldi

Hozirda harbiy vertolyotning qulash sabablari o‘rganilmoqda.

BAAda yirik YTH: 14 kishi halok bo‘ldi, 30 kishi jarohatlandi

BAAda yirik YTH: 14 kishi halok bo‘ldi, 30 kishi jarohatlandi

To‘qnashuvdan so‘ng boshlangan yong‘in boshqa transport vositalariga ham tarqalgan.

Isroil G‘azodagi shifoxonaga zarba berdi: jarroh va yana besh kishi halok bo‘ldi

Isroil G‘azodagi shifoxonaga zarba berdi: jarroh va yana besh kishi halok bo‘ldi

BMT esa kuchli yomg‘irlar tufayli boshpanasiz qolgan aholi uchun G‘azoga zudlik bilan chodirlar yetkazishga chaqirdi.