O'zbekiston

Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik bildirdi

Ayni paytda mamlakat hududida keng miqyosli toshqinlar kuzatilmoqda.

Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik bildirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 23 aprel kuni Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi.

 

Davlat rahbari qardosh Qozog‘iston yetakchisi va xalqiga ushbu mamlakat hududidagi keng miqyosli toshqinlar natijasida insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan hamdardlik izhor etdi.

 

Bunday tabiiy ofatlar keyingi paytlarda mintaqada kuzatilayotgan iqlimning salbiy o‘zgarishlari oqibati ekani qayd etildi.

 

Bu borada yaqin amaliy hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.

 

Prezidentlar yaqinda Xiva shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvdagi kelishuvlarni amalga oshirish doirasida O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasidagi yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yana-da kengaytirishning dolzarb masalalarini muhokama qildilar.

 

Mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar va bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlar rejasi ham ko‘rib chiqildi.

Toshkentda havo sifati yaxshilanadi: 20-noyabr tongida “yashil” daraja bo‘ladi

Toshkentda havo sifati yaxshilanadi: 20-noyabr tongida “yashil” daraja bo‘ladi

Bunga tunda shamol kuchayishi va havo almashinuvi yaxshilanishi sabab bo‘lishi kutilmoqda.

Iordaniya poytaxti Ammon shahrida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Hozirgi zamon va Yangi O‘zbekiston” nomli fundamental asari arab tilida taqdim etildi

Iordaniya poytaxti Ammon shahrida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Hozirgi zamon va Yangi O‘zbekiston” nomli fundamental asari arab tilida taqdim etildi

Olti bob va xotimadan iborat kitobda «Davlat — inson uchun» va «Inson qadri uchun» tamoyillari asosida amalga oshirilayotgan islohotlar, mamlakat taraqqiyotining ustuvor vazifalari hamda davlat va jamiyat hayotidagi o‘zgarishlar tahlil qilingan.

Toshkentda Erasmus+ ekspertlarining xalqaro konferensiyasi boshlandi

Toshkentda Erasmus+ ekspertlarining xalqaro konferensiyasi boshlandi

Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi mamlakatlari vakillari ishtirokida oliy ta’lim tizimini rivojlantirish va ilmiy tadqiqotlar samaradorligini oshirishga bag‘ishlangan xalqaro forumlar o‘tkazilmoqda.

Bir tashrifda 30 kungacha: O‘zbekiston va Ummon o‘rtasida vizasiz tartib joriy etiladi

Bir tashrifda 30 kungacha: O‘zbekiston va Ummon o‘rtasida vizasiz tartib joriy etiladi

Yil davomida vizasiz bo‘lish muddati jami 180 kundan oshmasligi lozim.

Suv avtomatlarini buzib, pulini o‘g‘irlashdi: olti nafar gumonlanuvchi ushlandi

Suv avtomatlarini buzib, pulini o‘g‘irlashdi: olti nafar gumonlanuvchi ushlandi

Toshkentda ko‘chalardagi ichimlik suvi sotadigan avtomatlardagi pullarni o‘g‘irlash holatlari aks etgan videolar tarqaldi.

Filtrlar o‘rnatilmagan, chiqindilar nazorat qilinmagan: Toshkentdagi korxonada qoidabuzarliklar aniqlandi

Filtrlar o‘rnatilmagan, chiqindilar nazorat qilinmagan: Toshkentdagi korxonada qoidabuzarliklar aniqlandi

Hozirda korxona faoliyatini vaqtincha to‘xtatib turish masalasida sudga murojaat qilish uchun hujjatlar tayyorlanmoqda.

27 ta konsert reklamasi bo‘yicha ogohlantirish berildi: ijro shakli ko‘rsatilmagan

27 ta konsert reklamasi bo‘yicha ogohlantirish berildi: ijro shakli ko‘rsatilmagan

Konsert-tomosha tadbirlarida fonogrammadan foydalanish haqida axborot berilishi shart.

Tojikistonda elektr uzatish ustuni quladi: Farg‘ona vodiysining ayrim joylarida elektr cheklanadi

Tojikistonda elektr uzatish ustuni quladi: Farg‘ona vodiysining ayrim joylarida elektr cheklanadi

Noqulay ob-havo elektr uzatish tarmog‘i tayanchlaridan birining qulashiga sabab bo‘ldi.