O'zbekiston

Toshkentda “Teach for Uzbekistan” tashkilotining rasmiy taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Ushbu loyiha O‘zbekiston bolalarining barchasiga sifatli ta’lim olish imkoniyatini ta’minlash maqsadida yo‘lga qo‘yilmoqda.

Toshkentda “Teach for Uzbekistan” tashkilotining rasmiy taqdimoti bo‘lib o‘tdi

21-aprel kuni Oʻzbekiston Tasviriy san’at galereyasida “Teach for Uzbekistan” vasiylik kengashi a’zolari – Nozima Davletova,  Zafar Hoshimov va jamoa a’zolari ishtirokida “Teach for Uzbekistan” tashkilotining rasmiy taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi.

 

Nozima Davletova ta’lim sohasidagi islohotlarning dolzarbligi, bunday islohotlar natijalari uzoqroq vaqt davomida ko‘rinishi va bunda jamiyat, o‘qituvchilar va davlat tomonidan birgalikdagi sa’y-harakatlargina natijaga olib kelishi mumkinligi haqida, shuningdek, “Teach for Uzbekistan” loyihasining o‘qituvchilik kasbi maqomini oshirish va maktab ta’limiga ilg‘or yetakchilarni jalb qilish orqali o‘quvchilar va maktablarga katta manfaat olib kelishi haqida gapirdi.

 

Zafar Hoshimov o‘qituvchilik kasbi va uning jamiyatdagi muhim o‘rni, o‘qituvchilik tajribasining yoshlarning kelgusi ish faoliyati va shaxsiy rivojlanishdagi katta manfaatini o‘z tajribalari asosida so‘zlab berdi.

 

Tashkilot ta’sischisi va direktori – Umida Yo‘ldosheva ijtimoiy loyihalardagi tajribalari, o‘qituvchilarning yoshlarga ko‘rsatadigan ijobiy ta’siri, ta’lim va aynan “Teach for Uzbekistan” loyihasining dolzarbligi, loyiha mazmuni va qisqa muddat ichidagi natijalari haqida gapirdi.

 

Ma'lumot uchun, “Teach for Uzbekistan” – bu yuqori malakali o‘qituvchilar yetishmovchiligi bor bo‘lgan viloyat maktablarida ishlash uchun eng yaxshi mahalliy va xorijiy OTMlar bitiruvchilari va yosh iqtidorli nopedagog mutaxassislarni jalb qilishga qaratilgan noyob tashabbusdir. Ushbu loyiha yangi avlod pedagoglarini ilhomlantirish va ularni ta’limni rivojlantirishga hissa qo‘shishga, shuningdek, O‘zbekiston bolalarining barchasiga sifatli ta’lim olish imkoniyatini ta’minlashga undash uchun yo‘lga qo‘yildi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkentda “Teach for Uzbekistan” tashkilotining rasmiy taqdimoti bo‘lib o‘tdi | Zamon.uz