O'zbekiston

Farg‘onada DXXga yolg‘on xabar bergan shaxs qamaldi

U shu orqali qarzlaridan qutulmoqchi bo‘lgan.

Farg‘onada DXXga yolg‘on xabar bergan shaxs qamaldi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Marg‘ilon shahar sudida yolg‘on xabar berish bilan bog‘liq jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.

 

Sud hukmida keltirilishicha, 1990 yilda Marg‘ilon shahrida tug‘ilgan Nurulloh Mavlonov o‘zining novvoy tanishi va boshqa bir nechta shaxslar ustidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yolg‘on xabar bergan.

 

U 2023 yil 15 dekabr kuni DXX Farg‘ona viloyati boshqarmasiga ariza bilan murojaat qilib, Marg‘ilon shahrida yashovchi fuqarolar B.Ibragimov, A.Mamajonov va boshqa shaxslarning turli xildagi taqiqlangan diniy uyushmalarga aʼzoligi, ular odamlarni “jihod” qilish, “shahid” bo‘lish kabi harakatlarga undayotgani hamda O‘zbekiston hududida o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etishga tayyorgarlik ko‘rayotganini bildirgan. 

 

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida N.Mavlonovning arizasida ko‘rsatilgan holatlar yolg‘on xabar ekani aniqlangan.

 

Nurulloh Mavlonov o‘z arizasida 2023 yilning sentyabr oyida Marg‘ilon shahrida yashovchi, novvoychilik bilan shug‘ullanuvchi B.Ibragimov bilan tanishganini, ushbu shaxs uni asta-sekinlik bilan diniy amallarni bajarishga daʼvat qila boshlaganini, oktyabr oyida Ibragimov o‘zini Farg‘ona shahrida joylashgan xonadonlardan biriga taklif qilib, Marg‘ilon shahrida yashovchi A.Mamajonov hamda Qo‘qon shahridan bo‘lgan Anvar va Toshloq tumanidan bo‘lgan Akmal ismli shaxslar bilan tanishtirganini, shundan so‘ng ushbu shaxslar bilan Marg‘ilon shahridagi “Asr”, “Yangi davr” va “Sharq” choyxonalaridagi diniy yig‘ilishlarda qatnashganini keltirgan.

 

Shuningdek, u 2023 yil oktyabr oyida B.Ibragimov daromadli ish borligini aytib, uni Farg‘ona shahri Abdulla Qodiriy mavzesida joylashgan xonadonlardan biriga olib kelgani va qora rangli qopga o‘ralgan 2 ta o‘qotar qurollar – “PM” to‘pponchasi hamda “Kalashnikov” avtomatini olib chiqib, to‘pponchani unga berganini, Ibragimovdan ushbu qurollar nima maqsadda saqlanayotganini so‘raganida, 2023 yil 29 dekabr kuni Toshkent shahrida amalga oshirilishi kutilayotgan qo‘poruvchilik harakatlarida foydalanilishi rejalashtirilayotganini maʼlum qilganini bayon etgan. 

 

Bundan tashqari, u arizasida B.Ibragimov Suriyadagi xalqaro terroristik tashkilotlar safiga O‘zbekiston fuqarolarini jo‘natish bilan shug‘ullanib kelishini, uning topshirig‘iga binoan 2023 yil 1 dekabr kuni Farg‘ona shahri markazida namanganlik Behzod ismli hamda Toshkent shahridan bo‘lgan shaxslar bilan uchrashib, ularni Toshkent shahriga jo‘natib yuborganini, ushbu shaxslar “Toshkent-Rossiya-Turkiya-Suriya” yo‘nalishidagi aviareyslar orqali uchib ketib, Suriyadagi terrorchi tashkilotlar safiga qo‘shilgani haqida maʼlumot bergan.

 

Sudda sudlanuvchi arizasida ko‘rsatib o‘tilgan ushbu holatlar bo‘lmaganini, yaʼni yolg‘on ekanini aytib, aybiga iqror bo‘lgan. U mazkur yolg‘onni o‘ylab topishdan maqsadi qarzlaridan qutulish bo‘lganini bildirgan. Yaʼni Marg‘ilon shahrida yashovchi bir nechta fuqarolarning ustidan DXXga yolg‘on maʼlumot bersa, ular qarzlarini so‘rashmaydi deb o‘ylagan. 

 

Sud hukmiga ko‘ra, Nurulloh Mavlonov Jinoyat kodeksining 237-moddasi 2-qismi “g” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybli deb topilgan. Unga 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. 

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Kuz-qish mavsumida gaz resurslari mavjud hajm va ob-havo sharoitidan kelib chiqib taqsimlanadi.

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Sud tomonidan tayinlangan jinoiy jarima MIB tomonidan to‘liq undirilib, sud hujjati ijrosi taʼminlandi.

Jizzaxda soliq qarzi sabab ikkita BYD xatlandi

Jizzaxda soliq qarzi sabab ikkita BYD xatlandi

Qarzdorlik bartaraf etilmagan taqdirda, mashinalar auksionda sotiladi.