Sport

Mbappe va Bellinghamdan zo'ri yo'q

Levandovski ayni damda dunyoning eng yaxshi ikki futbolchisini aytdi.

Mbappe va Bellinghamdan zo'ri yo'q

 

"Barselona"ning polshalik hujumchisi Robert Levandovski hozirda kimlarni dunyoning eng yaxshi futbolchilari deb bilishini ma'lum qildi.

 

"Buni aytish qiyin, chunki bizni hali Yevropa chempionati va Chempionlar ligasining so‘nggi hal qiluvchi o‘yinlari kutib turibdi. Ammo hozirda Kilian Mbappe va Jude Bellingem men uchun dunyoning eng ko'zga ko'ringan o'yinchilaridir", - dedi Levandovski.

 

Levandovski "Barselona"da 2022-yildan buyon o'ynab kelmoqda. Hujumchining klub bilan shartnomasi 2026-yilgacha mo'ljallangan. Ayni damda futbolchining transfer qiymati 15 million yevroga baholanmoqda.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"