O'zbekiston

“Uch kishiga tushlik olib keling”

Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi.

“Uch kishiga tushlik olib keling”

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Samaqand viloyatida YPX xodimi va haydovchi o‘rtasidagi suhbat aks etgan videolavha tarqaldi. Unda YPX xodimi haydovchidan uch kishiga tushlik olib kelishni so‘ragan.

 

Ular o‘rtasidagi suhbat quyidagicha bo‘lgan:

 

— Yozmaymi sizga?
— Nimani yozasiz, komandir?
— Ayting-da, yozaymi-yozmaymi?
— A yo‘q.
— Mana shu yerda 50 kundan beri turibman quyoshda, bitta suv ham olib kelmaysiz-ye.
— Suv sizdan aylansin.
— Qorning ochmi, nima qilyapsan demaysiz...
— Suvi qaynab ketdi-da mashinaning, aka.
— Nima qilay, nima qilish kerak, ayting?
— Hech narsa, aka, hammasi yaxshi.
— Hammasi yaxshimi? Xafagarchilik bo‘lmaydimi?

 

Shundan so‘ng “GAI” xodimi uch kishiga tushlik olib kelishni aytgan. Haydovchi esa bu “taklif” u uchun qiyin ekanini bildirgan. Inspektor esa bunga javoban 100 ming so‘m so‘ragan.

 

Holatga videoga olib borgan haydovchi suhbatdan biroz o‘tib, YPX xodimidan uzoqlashadi va xodim undan 70 ming so‘m so‘raganini aytadi. Pulni esa oq rangli Nexia-3 mashinasida o‘tirgan odamga beradi.

 

Samarqand viloyati IIB axborot xizmati rahbari Jahongir Saʼdullayevning maʼlum qilishicha, hozirda videolavhaga aniqlik kiritish maqsadida xizmat tekshiruvi tayinlangan. Holatga huquqiy baho berilib, natijasi bo‘yicha jamoatchilikka maʼlum qilinadi.

 

custom img

O‘zbekistonda ichimlik suvi ta’minoti 90 foizga yetkaziladi

Bundan tashqari shaharlarda kanalizatsiya xizmatlari qamrovi 80 foizga yetkaziladi. Buning uchun qo‘shimcha 1,3 milliard dollar investitsiya jalb etiladi.

custom img

O‘zbekiston Prezidenti Belarus delegatsiyasini qabul qildi

Ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

custom img

Anomal issiq avtobuslardagi konditsionerlar samaradorligiga ta’sir qilmoqda — "Toshshahartransxizmat"

"Toshshahartransxizmat" AJ avtobuslardagi sovitish tizimlari yuzasidan bildirilayotgan e’tirozlarga munosabat bildirib, ayrim avtobuslarda konditsioner mavjud emasligini ma’lum qildi.

custom img

Jizzaxda uch nafar voyaga yetmagan qiz hovuzda cho‘kib, vafot etdi

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

custom img

Buxorodan global maydonga qadar. Mirshod Shakirov qanday qilib mamlakatlar va bizneslar o‘rtasida ko‘prik qurmoqda?

Buxoroda tug‘ilib, Toshkentda tahsil olgan, professional faoliyatining muhim bosqichini Nyu-Yorkdagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh qarorgohida boshlagan Mirshod Shakirov global maydonda faoliyat yuritayotgan o‘zbekistonliklardan.

custom img

"Rayhon" milliy taomlar restorani egasi 8 yilga qamaldi

U Jinoyat kodeksining ikkita moddasi bo'yicha javobgarlikka tortilgan.

custom img

Farg‘onada yangi tug‘ilgan chaqalog‘ini sotishga uringan er-xotin 5 yilga qamaldi

Ayblanuvchilarning so‘zlariga ko‘ra, bolani sotishdan tushadigan mablag‘ qarzlarni yopish va Turkiyaga ishlash uchun ketishga sarflanishi rejalashtirilgan edi.

custom img

O‘zbekistonda anomal issiq ortga chekinmoqda

Hafta o‘rtalaridan mamlakatning ko‘p qismida kunduzgi harorat 30–35 darajagacha tushishi kutilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"