O'zbekiston

Uy-joy olish uchun subsidiyaga ariza qabul qilish muddati o‘zgartirildi

Yangi tartibga ko‘ra, arizalar 15- maydan 1- noyabrga qadar qabul qilinadi.

Uy-joy olish uchun subsidiyaga ariza qabul qilish muddati o‘zgartirildi

«2024-yilda ipoteka kreditlarini ajratish mexanizmlarini takomillashtirish va aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi prezident farmoni qabul qilindi. 

 

Farmonga muvofiq, dastur doirasida subsidiyalar to‘lashning amaldagi tartibiga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritildi:

 

- subsidiyalar ajratish yuzasidan arizalar tasdiqlangan parametrlar doirasida 2024 yilning 15 mayidan 1 noyabriga qadar qabul qilinadi (oldin yil bo‘yi qabul qilinardi);

- 2024 yilgi Dastur doirasida ajratiladigan kreditlar bo‘yicha foiz to‘lovlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar – 12 foizdan oshgan qismiga, 2025 yil va undan keyingi yillar Dasturlari doirasidagi kreditlar bo‘yicha esa – Markaziy bankning asosiy stavkasidan oshgan qismiga to‘lanadi; 

Birlamchi uy-joy bozoridagi kvartiralarni sotib olish uchun ajratilgan ipoteka kreditlari bo‘yicha dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun subsidiyalar – 2024 yilgi Dasturdan boshlab qatʼiy belgilangan 30 million so‘m miqdorida to‘lanadi.



 Maʼlumot uchun, subsidiya — davlat byudjeti, mahalliy byudjetlar mablag‘lari yoki maxsus fondlardan jismoniy va yuridik shaxslarga, mahalliy organlarga, boshqa davlatlarga beriladigan pul mablag‘i yoki natural shaklidagi yordam. Mablag‘lar ko‘rinishidagi aniq manzilli Subsidiyalar bevosita, soliq yoki boshqa imtiyozlarni joriy etish bilvosita Subsidiya deb ataladi. Subsidiya davlat tomonidan qaytarib olmaslik sharti bilan ajratiladi.

custom img

Endi O‘zbekistonda chiqindi topshirib pul ishlash mumkin

Respublikada ilk bor plastik, shisha va alyuminiy idishlarni topshirish evaziga pul to‘laydigan fandomatlar ishga tushirildi. Ushbu uskuna hajmi va turidan qatʼiy nazar har bir idish uchun 150 so‘mdan rag‘bat puli to‘laydi.

custom img

Oltin va kumush tangalar: Samarkanddagi Shaxmat olimpiadasi uchun esdalik tangalari sotuvga chiqariladi

Esdalik tangalari 31,1 grammdan bo‘lib, cheklangan miqdorda zarb etilgan.

custom img

Sud qarorisiz 48 soatdan ortiq ushlab turish mumkin emas: Konstitutsiyaviy sud qaror chiqardi

Shaxsni sud qarorisiz 48 soatdan ortiq ushlab turishga imkon beruvchi norma Konstitutsiyaga muvofiq emas deb topildi.

custom img

O‘zbekiston Qahramoni Parda Ziyatov 79 yoshida vafot etdi

Taniqli fermer vafoti munosabati bilan Prezident Shavkat Mirziyoyev hamdardlik bildirdi.

custom img

Qimmat narxda xarid qilingan suyuq sovun: Samarqandda 1,1 mlrd so‘mlik byudjet mablag‘i talon-toroj qilingan

Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mas’ul shaxslari 90 863 dona suyuq sovunni qimmat narxda xarid qilib, byudjet mablag‘larini talon-toroj qilganlikda gumon qilinmoqda.

custom img

“Jarima maydonchasi” moduli: Toshkentda jarima maydonchalari bo‘yicha yangi tartib

Qonunchilikni buzganlik uchun ushlangan transport vositalarini vaqtincha saqlash joylariga olib kelish, joylashtirish va saqlash tartibi belgilandi.

custom img

Yangi terminal va 3,5 mln yo‘lovchi: Andijon aeroporti imkoniyatlari kengaytiriladi

Andijon xalqaro aeroportini rekonstruksiya qilish loyihasining 1,1 trln so‘mlik ikkinchi bosqichi davom etmoqda. Yangi terminal ishga tushgach, aeroportning yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish quvvati soatiga 1 ming nafargacha oshadi.

custom img

Qaysi hududda qaysi kasbga talab yuqori? Texnikumlarga qabul tahlil qilindi

O‘zbekistonda texnikumlarda eng talabgir kasb va mutaxassisliklar aniqlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"