O'zbekiston

“Ziki Eskishahar”ga sud hukmi o‘qildi

O‘zbekistonda o‘tgan yilning noyabr oyida boshlangan “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari davomida qo‘lga olingan jinoiy olam vakillaridan biri, “Ziki Eskishahar” laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi.

“Ziki Eskishahar”ga sud hukmi o‘qildi

Manbaga ko‘ra, Umarov Jinoyat kodeksining 273-moddasi (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblangan. 

 

Aniqlanishicha, sudlanuvchi 2023 yil may oyining oxirlarida Toshkent shahri hududidagi jarlik yoqasidan 12 dona ko‘knori boshoqlarini topib, ularni kelgusida o‘tkazish maqsadida tanishiga saqlab turish uchun bergan.

 

7 dekabr kuni huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan tanishining yashash xonadonida o‘tkazilgan tintuv davomida tarkibida opiy guruhiga mansub bo‘lgan alkoloidlar (kodein, tebain) mavjud bo‘lgan, umumiy vazni 9,64 grammni tashkil qiluvchi  “ko‘knori boshog‘i” giyohvandlik vositalari ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

 

Sud hukmiga ko‘ra, Lutfulla Umarov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 2-qismi bandi bilan aybdor deb topilgan va unga 6 yilu 2 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Tayinlangan jazo umumiy tartibli koloniyalarda o‘tattirilishi belgilangan.

custom img

“O‘zbekneftgaz” sobiq rahbari Bahodir Siddiqovning ishi sudga oshirildi

Sudlanuvchilarga talon-toroj, mansab vakolatini suiiste’mol qilish va boshqa qator moddalar bo‘yicha ayblov qo‘yilgan.

custom img

"Chorvoq meniki" deb plyajlarni bo'lisha olmagan jinoiy guruh ushlandi

Tezkor tadbirlar davomida jami 13 nafar gumonlanuvchi qo‘lga olinib, ularga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.

custom img

Qashqadaryoda kelinini o‘z joniga qasd qilish darajasiga yetkazgan qaynona 5 yilga qamaldi

Ayol doimiy ravishda kelinini haqorat qilgan, kaltaklagan va ota-onasi bilan muloqotini cheklagan.

custom img

Qozog‘iston O‘zbekistondagi yangi elchisini tayinladi

Tegishli qaror Qozog‘iston Prezidenti tomonidan imzolandi.

custom img

Muruntov konida yuk avtosamosvali xizmat avtomobilini bosib ketdi, ikki kishi halok bo‘ldi

Maxsus komissiya YTHning kelib chiqish sabablari va holatlarini o‘rganmoqda.

custom img

Fermerlarni haqoratlagan Quva tumani hokimiga hayfsan berildi

Hokim odob-axloq qoidalariga zid xatti-harakatlari uchun intizomiy javobgarlikka tortildi.

custom img

Rossiya O‘zbekistondan bir necha turdagi sabzavot va mevalar olib kirishni chekladi

Cheklov fitosanitariya qoidalarini eng ko‘p buzgan beshta o‘zbekistonlik eksportchiga nisbatan joriy etildi.

custom img

O‘zbekistonga sayohatlarga qiziqish 54 foizga oshdi — Expedia Group

O‘zbekistonga sayohatni bron qilgan sayyohlar soni o‘tgan yilning iyun oyiga nisbatan 45,6 foizga, xarid qilingan aviachiptalar soni 23 foizga oshdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"