O'zbekiston

Haj-2024 mavsumining ilk ziyoratchilari Saudiyaga jo‘nab ketdi — foto

O‘zbekistonning 10 ta hududiy ayeroportidan ziyoratchilar to‘g‘ridan-to‘g‘ri Madina shahriga haj safariga har kuni yuboriladi.

Haj-2024 mavsumining ilk ziyoratchilari Saudiyaga jo‘nab ketdi — foto

2024 yil 23 may kuni “Haj-2024” dasturi doirasida Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Toshkent - Madina yo‘nalishidagi birinchi aviaqatnovi Toshkent vaqti bilan soat 1:40 da jo‘nab ketdi. 

 

O‘zbekiston Respublikasi shaharlaridan Madina shahriga jami 124 ta charter aviaqatnovi va 15 130 nafar yo‘lovchi tashuvi amalga oshiriladi. 

 

 

Uzbekistan Airways O‘zbekiston Musulmonlari idorasining “Haj-2024” dasturi bo‘yicha rasmiy hamkori hisoblanadi.

 

Avvalroq O‘zbekistonda Haj mavsumi 2024 yil 23 maydan boshlanishi xabar qilingandi. Respublikadan Saudiya Arabistoniga shu yil 7 iyunga qadar har kuni aviaqatnovlar amalga oshiriladi.

 

 

Mamlakatning 10 ta hududiy aeroportidan to‘g‘ridan to‘g‘ri Toshkent-Madina, Buxoro-Madina, Namangan-Madina, Farg‘ona-Madina, Samarqand-Madina, Qarshi-Madina, Termiz-Madina, Urganch-Madina, Nukus-Madina va Navoiy-Madina aviareyslari orqali ziyoratchilar haj safariga kuzatiladi. Barcha parvozlar Uzbekistan Airways aviakompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi.

 

Suv avtomatlarini buzib, pulini o‘g‘irlashdi: olti nafar gumonlanuvchi ushlandi

Suv avtomatlarini buzib, pulini o‘g‘irlashdi: olti nafar gumonlanuvchi ushlandi

Toshkentda ko‘chalardagi ichimlik suvi sotadigan avtomatlardagi pullarni o‘g‘irlash holatlari aks etgan videolar tarqaldi.

Filtrlar o‘rnatilmagan, chiqindilar nazorat qilinmagan: Toshkentdagi korxonada qoidabuzarliklar aniqlandi

Filtrlar o‘rnatilmagan, chiqindilar nazorat qilinmagan: Toshkentdagi korxonada qoidabuzarliklar aniqlandi

Hozirda korxona faoliyatini vaqtincha to‘xtatib turish masalasida sudga murojaat qilish uchun hujjatlar tayyorlanmoqda.

27 ta konsert reklamasi bo‘yicha ogohlantirish berildi: ijro shakli ko‘rsatilmagan

27 ta konsert reklamasi bo‘yicha ogohlantirish berildi: ijro shakli ko‘rsatilmagan

Konsert-tomosha tadbirlarida fonogrammadan foydalanish haqida axborot berilishi shart.

Tojikistonda elektr uzatish ustuni quladi: Farg‘ona vodiysining ayrim joylarida elektr cheklanadi

Tojikistonda elektr uzatish ustuni quladi: Farg‘ona vodiysining ayrim joylarida elektr cheklanadi

Noqulay ob-havo elektr uzatish tarmog‘i tayanchlaridan birining qulashiga sabab bo‘ldi.

“To‘yimni to‘xtatish bilan tahdid qilishdi”: Toshkentda tovlamachilik bilan shug‘ullangan guruh qo‘lga olindi

“To‘yimni to‘xtatish bilan tahdid qilishdi”: Toshkentda tovlamachilik bilan shug‘ullangan guruh qo‘lga olindi

Guruh a’zolari ikki fuqaro o‘rtasidagi qarz munosabatiga aralashib, 11 ming dollarni zo‘ravonlik bilan qo‘lga kiritgani aytilmoqda.

Banknotlardagi yozuvlar davlat tilida bo‘lishi shart: pul belgilariga oid yangi talablar

Banknotlardagi yozuvlar davlat tilida bo‘lishi shart: pul belgilariga oid yangi talablar

O‘zbekistonda pul belgilaridagi yozuvlar davlat tilida, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida yozilishi belgilandi.

Korrupsiyaga qarshi tekshiruvlar: 1 500 nafardan ortiq xodim ishdan bo‘shatildi

Korrupsiyaga qarshi tekshiruvlar: 1 500 nafardan ortiq xodim ishdan bo‘shatildi

O‘zbekistonda 10 oy davomida 5 368 ta xizmat tekshiruvi o‘tkazilgan.

3,75 ming dollar evaziga Umra va’dasi: Samarqandda firma rahbari ushlandi

3,75 ming dollar evaziga Umra va’dasi: Samarqandda firma rahbari ushlandi

U ziyoratiga borishni istagan uch nafar fuqaroning ishonchiga kirib, barcha zarur sharoitlarni yaratib berishni va’da qilgan.