Jahon

Ashxobodda Chingiz Aytmatov haykali ochildi

Yodgorlik yangi madaniyat bog‘iga o‘rnatildi.

Ashxobodda Chingiz Aytmatov haykali ochildi

Turkmaniston poytaxti Ashxobodda yozuvchi Chingiz Aytmatov haykali ochildi.

 

Bronzadan yasalgan yodgorlik mahalliy hunarmandlar tomonidan yaratilgan. Majmua hududida jami 20 dan ortiq dunyoning mashhur yozuvchi va faylasuflarining haykallari o‘rnatilgan.

 

YUNESKO maʼlumotlariga ko‘ra, Aytmatov zamonamizning eng ko‘p o‘qiladigan yozuvchilaridan biridir. U hayotligida "adabiyot klassiki" deb atalgan. Aytmatovning romanlari 176 dan ortiq tilga tarjima qilingan va 128 mamlakatda 100 million nusxadan ortiq tiraj bilan nashr etilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"