O'zbekiston

26-may uchun ob-havo prognozi eʼlon qilindi

Ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.

26-may uchun ob-havo prognozi eʼlon qilindi

26-may kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kechasi qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Kechasi 9-11, kunduzi 17-19 daraja iliq bo‘ladi.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlari bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 5-10, kunduzi 21-26 daraja iliq bo‘ladi.  

 

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlari bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 7-12, kunduzi 22-27 daraja iliq bo‘ladi.  

 

Toshkent viloyatida havo o‘zgarib turadi, baʼzi joylarda kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlari bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 8-13, kunduzi 17-22 daraja iliq bo‘ladi.  

 

Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlari bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 8-13, kunduzi 17-22 daraja iliq bo‘ladi.  

 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlari bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 13-18 daraja iliq, kunduzi 27-32 daraja issiq bo‘ladi.  

 

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab baʼzi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 12-17, kunduzi 20-25 daraja iliq bo‘ladi.

 

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li tumanlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 3-8, kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi.  

custom img

Navoiyda haydovchi transport nazorati inspektoriga pora taklif qildi

Ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilmasligi evaziga pora bermoqchi bo‘lgan erkakka jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

custom img

YHXX boshlig‘i Milliy gvardiya qo‘mondonining birinchi o‘rinbosari bo‘ldi

Prezident qarori bilan Sherzod Ibragimov yangi lavozimga tayinlandi.

custom img

Qashqadaryoda 4 kishi voyaga yetmagan qizni zo‘rlashda gumonlanmoqda

Jabrlanuvchiga psixologik yordam ko‘rsatilmoqda, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

custom img

Prezident bilan uchrashgan yosh ixtirochi qiz Volkswagen elektromobili bilan taqdirlandi

Yoshlar kuni munosabati bilan “Kelajak muhandislari” xalqaro festivali g‘olibi Ayzada Asanova Prezident sovg‘asini qabul qilib oldi.

custom img

O‘zbekistonda AI-92 benzini narxi rekord darajada qimmatladi

Respublika tovar-xomashyo birjasida AI-92 markali avtomobil benzini narxi bir tonna uchun qariyb 14 mln so‘mga yetdi.

custom img

O‘zbekiston ilk bor Xalqaro kimyo olimpiadasiga mezbonlik qiladi

Toshkent shahrida 10–19-iyul kunlari 58-Xalqaro kimyo olimpiadasi bo‘lib o‘tadi. Nufuzli musobaqa tarixda ilk bor Markaziy Osiyo mamlakatida tashkil etilmoqda.

custom img

Toshkentda Markaziy Osiyo ekologiya va atrof-muhit tadqiqotlari markazi ochiladi

Markaziy Osiyo va Xitoy ekologiya yo‘nalishidagi ilmiy hamkorlikni kuchaytirmoqda.

custom img

Oliygoh bitiruvchilarini ishga olgan tadbirkorlarga bir yillik soliq imtiyozi beriladi

Yosh tadbirkorlarga 300 million so‘mgacha foizsiz ssuda ajratilib, yangi dasturlar uchun 500 milliard so‘m yo‘naltiriladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"