O'zbekiston

Saida Mirziyoyeva: "Bahodir Yalangto‘sh" filmi kino orqali tariximizni dunyoga tanitish missiyasini bajara oladi

Kecha, 30 may kuni Milliy kino saroyida Prezident tashabbusi bilan suratga olingan “Bahodir Yalangto‘sh” tarixiy badiiy filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi. Unda Saida Mirziyoyeva ham ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva: "Bahodir Yalangto‘sh" filmi kino orqali tariximizni dunyoga tanitish missiyasini bajara oladi

"Film Ashtarxoniylar davrida (XVII asr) yashab o‘tgan buyuk sarkarda, ilm-fan homiysi, dunyoga mashhur Registon maydonining asoschisi Amir Bahodir Yalangto‘shga bag‘ishlangan. Unda fidoyi ajdodimizning hayoti, siyosiy faoliyati, qahramonliklari haqida hikoya qilinadi.

 

Filmni tomosha qilar ekanman, ulug‘ Amir Yalangto‘shning hayot yo‘li barchaga, xususan yoshlarimizga haqiqiy ibratdir, degan o‘y xayolimdan o‘tdi.

 

Jahongir Ahmedov boshchiligidagi ijodiy guruhning oldiga kino orqali tariximizni dunyoga yana-da tanitish, xalqimizning milliy g‘ururini ko‘tarish kabi ezgu vazifalar qo‘yilgan edi. Nazarimda, “Bahodir Yalangto‘sh” filmi bu masʼuliyatli missiyani bajara oladi.

 

Film ijodkorlarini samimiy tabriklayman", — deya fikr bildirdi S.Mirziyoyeva.

 

Choponlar orasiga yashirilgan gashish: Afg‘oniston fuqarosi qo‘lga olindi

Choponlar orasiga yashirilgan gashish: Afg‘oniston fuqarosi qo‘lga olindi

Andijon va Surxondaryo viloyatlarida yirik miqdordagi giyohvandlik moddalari savdosiga chek qo‘yildi.

Miya qon quyilishi va falajlik: Turkiyada og‘ir ahvolga tushgan ayol vatanga qaytarildi

Miya qon quyilishi va falajlik: Turkiyada og‘ir ahvolga tushgan ayol vatanga qaytarildi

Istanbuldagi shifoxonalardan birida davolanayotgan o‘zbekistonlik ayol ukasi hamrohligida O‘zbekistonga olib kelindi.

Toshkentning uchta tumanida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi: manzillar ma’lum qilindi

Toshkentning uchta tumanida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi: manzillar ma’lum qilindi

Hududlarda gaz taqsimlash punktini demontaj qilish ishlari olib boriladi.

O‘zbekiston aholisi: o'rtacha yosh bo'yicha hududlar orasidagi tafovut ma’lum bo‘ldi

O‘zbekiston aholisi: o'rtacha yosh bo'yicha hududlar orasidagi tafovut ma’lum bo‘ldi

Ma’lumotlar aholini ro‘yxatga olish natijalari asosida qayta hisoblangan.

Chorvachilikni rivojlantirish: qo‘shimcha 400 ming tonna go‘sht yetishtirish rejalashtirilmoqda

Chorvachilikni rivojlantirish: qo‘shimcha 400 ming tonna go‘sht yetishtirish rejalashtirilmoqda

2030-yilgacha ozuqa yetishtirish hajmini 90 mln tonnaga yetkazish, 100 dan ortiq ozuqa markazini tashkil etish va chorvachilik uchun yangi subsidiyalar joriy qilish taklif etildi.

Hududlarda 81 trln so‘mlik loyihalar amalga oshiriladi: 320 mingta ish o‘rni yaratiladi

Hududlarda 81 trln so‘mlik loyihalar amalga oshiriladi: 320 mingta ish o‘rni yaratiladi

O‘zbekistonda 2030-yilgacha kichik biznesning bandlikdagi ulushini 80 foizga yetkazish rejalashtirilmoqda.

O‘zbekistonda oziq-ovqat ishlab chiqarish oshdi: hududlar reytingi e’lon qilindi

O‘zbekistonda oziq-ovqat ishlab chiqarish oshdi: hududlar reytingi e’lon qilindi

2026-yilning dastlabki to‘qqiz oyida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 8,6 foizga oshdi.

Tadbirkorlardan startapchilargacha: O‘zLiDeP elektoratini kengaytirmoqchi

Tadbirkorlardan startapchilargacha: O‘zLiDeP elektoratini kengaytirmoqchi

Partiya elektoratini kengaytirish jamiyatning turli qatlamlari manfaatlarini siyosiy maydonda ifoda etish bilan izohlandi.