Sport

“Oltin to‘p”ga qaysi futbolchilar asosiy daʼvogar?

Kuchli beshlikda jiddiy kurash bo'lishi kutilmoqda.

“Oltin to‘p”ga qaysi futbolchilar asosiy daʼvogar?

 

"Oltin to'p" uchun kurashda terma jamoadagi natijalar ham hisoblanadi. Aftidan, bu milliy chempionatdagi ko'rsatkichlardan yuqori turadi. O'tgan yillardan boshlab biz aslida nima muhimligini tushunib yetgandekmiz. 2022/2023-yilgi mavsumdagi "Oltin to'p" taqdimotida Lionel Messining Qatardagi g'alabasi tufayli g'oliblikni qo'lga kiritishi, Erling Holand va Rodrining klub miqyosida erishgan barcha muvaffaqiyatlaridan ustun kelgandi.

 

Hozir esa terma jamoalar miqyosidagi muhim turnirlarda ham xuddi shunday holat kuzatilmoqda. Bu jahon chempionati emas, balki Yevropa chempionati va Amerika kubogida ham yuz berishi mumkin. Aytishimiz mumkinki, saralash bosqichlari doirasida Vinisius, Jude Bellingem, Harri Keyn va Toni Kroos yuqori natijalarni qayd etdi. Bu ro'yxatga Kilian Mbappeni ham qo'shishimiz mumkin. Mazkur beshlik sovrin uchun asosiy nomzodlar bo'lishi aytilmoqda. Qolaversa, bugungi kunda ustunlik ko'proq Bellingem va Vinisiusda qolmoqda. Ingliz futbolchisi mavsumning birinchi yarmida ajoyib o‘ynadi, braziliyalik hujumchi esa ikkinchi yarmida jamoani ortidan ergashtira oldi. Chempionlar ligasi finalidagi gol ham shular jumlasidan. Barcha masala terma jamoalardagi natijalarga qaratilishi mumkin.

 

Agar kutilmaganda Yevro-2024ni Angliya terma jamoasi qo'lga kiritsa, unda vaziyat noaniq bo'lib qolishi mumkin. Negaki, Bellinghem bu yil Chempionlar ligasi va La Ligada g‘olib chiqdi, gollar va paslar bo‘yicha “Real”ning eng yaxshi futbolchisiga aylandi. Demak, Harri “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritish uchun alohida ish qilishi kerak. Aks holda, Angliya Yevropa chempionatida g‘alaba qozongan taqdirda ham, sovrin Judega nasib etadi.

 

Biroq, sovrin uchun asosiy davogar hamon Vinisius. U jarohat tufayli mavsumning uchdan bir qismini o'tkazib yubordi, ammo u hali ham ko'pchilik futbolchilar orasida favorit hisoblanadi. Bitta muammo Braziliya terma jamoasi bilan muvaffaqiyatsiz o'yin bo'lishi mumkin. So'nggi paytlarda jamoa unchalik yaxshi o'yinlar ko'rsata olmayapti: JCh-2026 saralash guruhida terma jamoa oltinchi o'rinda (ikki g'alaba, bitta durang va uchta mag'lubiyat). Bu yil Yevro va Amerika kubogi finallari bir kunda - 14-iyulda bo'lib o'tadi. Shunda 2023/2024-yilgi mavsum yakunlanadi va biz “Oltin to‘p”ga kim loyiqligini bilib olishimiz mumkin.

custom img

Osiyo o‘yinlari: O‘zbekiston U-23 jamoasi chorak final yo‘llanmasini naqd qildi

Ravshan Haydarov shogirdlari muddatidan avval guruhdan chiqish vazifasini uddaladi.

custom img

Isroil boykot qilindi: Pokiston Isroilga qarshi doskaga chiqmadi

Samarqandda o‘tayotgan 46-FIDE Jahon shaxmat Olimpiadasining birinchi turida Pokiston shaxmat federatsiyasi shaxmatchilarini Isroilga qarshi o‘ynatmadi.

custom img

135 ta tegish va 95 foiz aniqlik: Abduqodir Xusanovning “Norvich”ga qarshi o‘yini qanday o‘tdi?

Sofascore o‘zbekistonlik futbolchi o‘yinini 7,6 ballga baholadi.

custom img

6 ta jamoa, 6 ta g‘alaba: O‘zbekiston shaxmat Olimpiadasini muvaffaqiyatli boshladi

O‘zbekistonning erkaklar jamoalari Yamayka, Afg‘oniston va Mali ustidan, ayollar jamoalari esa Trinidad va Tobago, Togo hamda Tanzaniya ustidan g‘alaba qozondi.

custom img

O‘zbek himoyachisi: Behruz Karimov Shveytsariyadagi ilk golini urdi

“Lugano” qoldirilgan tur uchrashuvida “Sankt-Gallen”ni 4:1 hisobida mag‘lub etib, turnir jadvalidagi peshqadamligini saqlab qoldi. Bellashuvda O‘zbekiston milliy jamoasi himoyachisi Behruz Karimov ham gol urdi.

custom img

Javohir Sindarov dunyoning 2-raqamli shaxmatchisiga aylandi

O‘zbekistonlik grossmeyster tezkor shaxmat reytingida birdaniga to‘rt pog‘ona yuqorilab, 2742,6 ochko bilan ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi.

custom img

Messi Ispaniyaning “Eldense” klubini sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishdi

Argentinalik futbol yulduzi Ispaniya professional futbolidagi investitsiyalarini kengaytirmoqda.

custom img

Sindorov — Karlsen: bugun shaxmat olamida katta to‘qnashuv

Sindorov yetakchiligidagi “FYERS American Gambits” jamoasi bugun Magnus Karlsen sardorligidagi “Alpine APL Pipers”ga qarshi bahs olib boradi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"