O'zbekiston

Samarqandda IIB xodimi ayol kishiga kuch ishlatdi

Holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

Samarqandda IIB xodimi ayol kishiga kuch ishlatdi

Ijtimoiy tarmoqda Samarqand shahrida IIB xodimi ayol kishiga nisbatan kuch ishlatgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat IIB axborot xizmati rahbari Jahongir Sagdullayev maʼlumot berdi.

 

Qayd etilishicha, holat 9-iyun kuni jamoat tartibini saqlash, fuqarolarning xavfsizligini taʼminlash maqsadida tungi xizmatga jalb qilingan profilaktika inspektori S.Eshonqulov bilan yuz bergan. U soat 22:00 larda Samarqand shahar Dahbet ko‘chasidagi avtomobil yo‘lining qatnov qismida fuqarolar janjal qilayotganligini ko‘rib, ularni 6-son IIBga olib borgan. Ularning sodir etgan qilmishini rasmiylashtirish davomida profilaktika inspektori va ushbu shaxslar o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan.

 

Jarayonda profilaktika inspektori ikki nafar fuqarolarga nisbatan amaldagi qonunchilikka zid ravishda jismoniy kuch ishlatgan. Holat yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilib, profilaktika inspektori S.Eshonqulov ichki ishlar organlari safidan bo‘shatilgan.

 

To‘plangan hujjatlar ishtirokchilarning harakatlariga huquqiy baho berish uchun prokuratura organlariga yuborilgan.

custom img

Energetika loyihalarini rejalashtirish tizimi o‘zgartiriladi: yangi boshqaruv modeli taklif qilindi

Endilikda energetika loyihalari, eng avvalo, iqtisodiyot, aholi va hududlarning istiqboldagi ehtiyojidan kelib chiqib shakllantiriladi.

custom img

Tibbiyot chiqindilarini yo‘q qilishdagi muammolar: sog‘liqni saqlash vaziriga senator so‘rovi yuborildi

Tibbiyot chiqindilarini yoqish, maishiy chiqindi sifatida sanitariya-tozalash korxonalariga topshirish holatlari aniqlangani qayd etildi.

custom img

2030-yilgacha yangi podstansiyalar quriladi: 5 ming kilometrlik elektr tarmog‘i barpo etiladi

Bu yangi elektr stansiyalarini energotizimga ulash, hududlar o‘rtasida quvvat almashinuvini kengaytirish imkonini beradi.

custom img

22 mingdan ortiq sayyoh: Fransiya O‘zbekistonga turistlar oqimi bo‘yicha Yevropaning top-5 mamlakatiga kirdi

Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 20,6 foizga ko‘p.

custom img

5 yoshli qizga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik: Namanganda bog‘cha ombor mudiri tarbiyalanuvchi qizni zo‘rladi

Jabrlanuvchi bolaning qonuniy manfaatlari Bolalar ombudsmani tomonidan kuzatilmoqda.

custom img

150 mingta ish, 70 mingta bekor qilingan qaror: Prezident maʼmuriy odil sudlovni yangi bosqichga olib chiqish takliflari bilan tanishdi

Ma’muriy odil sudlovni rivojlantirishning yangi bosqichida 15 ga yaqin huquqiy institutni joriy etish taklif qilindi.

custom img

XDP Toshkentdagi jamoat transporti tariflari bo‘yicha o‘z pozitsiyasini bildirdi

Toshkentda avtobus va metroda bir martalik elektron to‘lov tarifini qariyb 47 foizga oshirish taklifi muhokama qilinayotgan bir paytda partiya o‘quvchilar uchun imtiyozli tarif joriy etishni taklif qildi.

custom img

O‘quvchini urib, sudragan: Toshkentda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi

O‘qituvchiga hayfsan berilib, mehnat shartnomasini bekor qilish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"