O'zbekiston

Jaziramada konditsionerdan qanday foydalanish kerak?

Mutaxassis bu bo‘yicha maʼlumot berdi.

Jaziramada konditsionerdan qanday foydalanish kerak?

Konditsioner – yoz faslida, xususan, issiq ob-havo sharoitida eng muhim qurilmalardan biri hisoblanadi. Ular biz uchun uy va ofislarda qulay va salqin muhit yaratishga yordam beradi. Biroq, undan noto‘g‘ri foydalanish oqibatida salomatlikda jiddiy muammolar kelib chiqishi mumkin. Xo‘sh, ushbu texnika vositasidan qachon va qanday foydalanish kerak? Uning sog‘liqqa qanday salbiy taʼsirlari bor?

 

Quyida yoz faslida konditsionerdan to‘g‘ri foydalanish va uning ehtimoliy zararlari haqida zarur maʼlumotlar bilan bo‘lishamiz.

 

Temperaturani to‘g‘ri belgilash. Yoz faslida konditsioner uchun ideal harorat 18-20°C oralig‘ida bo‘lishi tavsiya etiladi. Boshqa o‘lkalarda bu raqam biroz farq qilishi mumkin, ammo asosiysi — xona ichidagi salqinlik tashqari havodan keskin farq qilmasligi lozim. Bu esa tana uchun qulay va sog‘lom muhit yaratadi.

 

Ventilyatsiyadan foydalanish. Konditsionerni noto‘g‘ri ishlatish xonadagi havoni quritib yuboradi. Shu bois uni yoqishdan avval, ertalab yoki kechqurun xonani shamollatib turish juda muhim. Bu esa havoning toza bo‘lishiga yordam beradi.

 

Konditsioner tozaligini nazorat qilish. Ushbu qurilma filtrlarini muntazam ravishda tozalash yoki almashtirish muhim ahamiyatga ega. Toza filtrlar havo sifatini yaxshilab, allergen va mikroblar hamda boshqa zararli moddalarning havoga tarqalishining oldini oladi.

 

Faqat zarurat bo‘lganda ishlatish. Konditsionerni faqat ehtiyoj bo‘lganda yoqish kerak. Xonada hech kim bo‘lmagan paytlarda uni o‘chirib qo‘yish energiyani tejaydi va qurilmaning xizmat muddatini uzaytiradi.

 

Konditsionerdan noto‘g‘ri foydalanishning zararlari:

 

Teri va allergik kasalliklar. Konditsionerdan noto‘g‘ri foydalanilganda u havoni quritib yuboradi. Xonada namlik yo‘qoladi va deraza hamda eshiklar yopiq bo‘lgan sharoitda havo kislorod bilan to‘yinmaydi. Bu esa vaqt o‘tishi bilan terini quruqlashtirib, yuzda ajinlar paydo qiladi.

 

Qolaversa, terining doimiy quruq bo‘lishi uning tashqi qatlamiga salbiy taʼsir etib, qichishish yuzaga keladi. Shuningdek, konditsioner filtrlari toza bo‘lmasa, ularda yig‘ilgan chang – allergenlar va mikroblar havoga tarqaladi. Bu esa allergik va infeksion kasalliklarga sabab bo‘lishi mumkin.

 

Muskul va bo‘g‘imlarda og‘riqlar. Konditsionerdan noto‘g‘ri foydalanish, yaʼni to‘g‘ridan-to‘g‘ri sovuq havoning inson tanasiga urilishi tufayli muskul va bo‘g‘imlarda og‘riqlar paydo bo‘lishi mumkin.

 

Termal shok. Tashqi muhitdagi yuqori haroratdan birdan sovuq xonaga kirish yoki aksincha muzdek xonadan issiq havoga chiqish termal shokka sabab bo‘lishi mumkin. Mazkur holat tana haroratini tezda o‘zgartirib, organizmda stress reaksiyalarni keltirib chiqaradi. Bu, o‘z navbatida, yurak-qon tomir tizimi kasalliklarini qo‘zg‘ashi mumkin.

 

Qon bosimi ko‘tarilishi. Odatda qon bosimi issiqdan ko‘ra, sovuq havoda yuqori bo‘ladi. Chunki, salqin harorat qon tomirlarining siqilishi va spazmlarga olib keladi. Shunday ekan, konditsioner tagida uzoq vaqt o‘tirish sistolik va diastolik qon bosimini ko‘taradi. Shu boisdan xona harorati tashqi havodan keskin farq qilmasligi maqsadga muvofiq.

 

Respirator muammolar. Konditsionerning yana bir salbiy tomoni, u tana haroratini tushirib yuboradi. Oqibatda bronxit, tomoq, bel va bo‘yin og‘riqlari yuzaga keladi. Ayniqsa, qurilmaning sovuq havosi insonga to‘g‘ri yo‘naltirilsa, nafas yo‘llari shamollashi, hatto, zotiljam kelib chiqishi mumkin.

 

Shunday ekan, konditsionerdan to‘g‘ri va oqilona foydalaning.

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eronning xorijdagi elchixonalari Samarqandning tarixiy-madaniy merosini fors sivilizatsiyasiga bog‘lovchi postlar e’lon qilgandi.

Prezident ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev jinoyatlarning oldini olish, kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish va fuqarolarning ichki ishlar organlariga ishonchini mustahkamlash ustuvor vazifalar ekanini ta’kidladi.

Toshkent havosi ifloslanmoqda: ko‘chalarga suv purkash ishlari kuchaytirildi

Toshkent havosi ifloslanmoqda: ko‘chalarga suv purkash ishlari kuchaytirildi

Ushbu jarayonga qariyb 100 ta maxsus texnika jalb qilingan.

54,8 trln so‘m undirildi: MIB o‘tgan yilgi natijadan 14,4 trln so‘mga oshdi

54,8 trln so‘m undirildi: MIB o‘tgan yilgi natijadan 14,4 trln so‘mga oshdi

Mablag‘larning asosiy qismi davlat foydasiga yo‘naltirildi.

Uyatli so‘zlar va tarqalgan video: Qo‘qonda erkak 10 sutkaga qamaldi

Uyatli so‘zlar va tarqalgan video: Qo‘qonda erkak 10 sutkaga qamaldi

Jamoat joyida yurish-turish qoidalarini buzgan erkak jazolandi.

Uchtepadagi xonadonda yong‘in chiqdi: bir kishi halok bo‘ldi

Uchtepadagi xonadonda yong‘in chiqdi: bir kishi halok bo‘ldi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Milliy sertifikat imtihonida qaysi alifbodan foydalaniladi? Agentlik izoh berdi

Milliy sertifikat imtihonida qaysi alifbodan foydalaniladi? Agentlik izoh berdi

Imtihonlar 24–26-oktyabr kunlari barcha hududlarda bo‘lib o‘tadi.

Tadbirkorga bosim va 65 mln so‘mlik talab: hokim o‘rinbosariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Tadbirkorga bosim va 65 mln so‘mlik talab: hokim o‘rinbosariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

U tadbirkordan uyiga quvvatli quyosh panellarini o‘rnatib berishni talab qilgan.