Sport

Jahon futbol yulduzlari O‘zbekistonga keladi

Ular bilan futbol tarixi, buguni va kelajak istiqbollari mavzusida suhbat uyushtiriladi.

Jahon futbol yulduzlari O‘zbekistonga keladi

Yoshlar oyligi doirasida 29 iyun kuni dunyoga mashhur futbol yulduzlari O‘zbekistonga tashrif buyurishadi.

 

Xususan:

 

Dida (Jesus Silva) – darvozabon, Braziliya terma jamoasining sobiq aʼzosi, jahon chempioni, ikki karra Milan klubi bilan UEFA chempionlar ligasi g‘olibi.

 

Kristian Panuchchi – Italiya terma jamoasining sobiq himoyachisi, Real Madrid va Milan jamoalari bilan ikki marta UEFA chempionlar ligasi g‘olibi.

 

Kristian Zakkardo – Italiya terma jamoasining sobiq aʼzosi, o‘ng qanot himoyachisi, jahon va Bundesliga chempioni.

 

Serjinio (Serjio Klaudio dos Santos) – Braziliya terma jamoasining sobiq aʼzosi, yarim himoyachi, jahon chempioni, ikki karra Milan klubi bilan UEFA chempionlar ligasi g‘olibi.

 

29 iyun kuni soat 15:00 da Yoshlar ijod saroyida bo‘ladigan uchrashuvda futbol tarixi, buguni va kelajak istiqbollari, O‘zbekistonda sohadagi islohotlar hamda sportchilarimizning muvaffaqiyatlari haqida suhbat bo‘ladi.

custom img

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

custom img

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

custom img

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

custom img

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi yana uchta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik sportchilar Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlarining navbatdagi bahslarida aralash jang sanʼati va ushu yo‘nalishlarida uchta kumush medalga sazovor bo‘ldi.

custom img

Osiyo o‘yinlari: O‘zbekiston U-23 jamoasi chorak final yo‘llanmasini naqd qildi

Ravshan Haydarov shogirdlari muddatidan avval guruhdan chiqish vazifasini uddaladi.

custom img

Isroil boykot qilindi: Pokiston Isroilga qarshi doskaga chiqmadi

Samarqandda o‘tayotgan 46-FIDE Jahon shaxmat Olimpiadasining birinchi turida Pokiston shaxmat federatsiyasi shaxmatchilarini Isroilga qarshi o‘ynatmadi.

custom img

135 ta tegish va 95 foiz aniqlik: Abduqodir Xusanovning “Norvich”ga qarshi o‘yini qanday o‘tdi?

Sofascore o‘zbekistonlik futbolchi o‘yinini 7,6 ballga baholadi.

custom img

6 ta jamoa, 6 ta g‘alaba: O‘zbekiston shaxmat Olimpiadasini muvaffaqiyatli boshladi

O‘zbekistonning erkaklar jamoalari Yamayka, Afg‘oniston va Mali ustidan, ayollar jamoalari esa Trinidad va Tobago, Togo hamda Tanzaniya ustidan g‘alaba qozondi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"