O'zbekiston

Samarqandda MCHJ rahbari 1 mlrd kreditni “uxlatdi”

Hozirda holat yuzasidan jinoiy ish ochilgan.

Samarqandda MCHJ rahbari 1 mlrd kreditni “uxlatdi”

Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida kredit mablag‘larini o‘zlashtirish holatlari aniqlandi. Bu haqida Bosh proukuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

 

Qayd etilishicha, Oqdaryo tumanida faoliyat yurituvchi “M.B.” MCHJ rahbari O.Sh. hududiy tijorat banki filialidan ajratilgan 1 mlrd so‘m imtiyozli kredit evaziga xarid qilingan maishiy texnika vositalari va yumshoq mebellarni naqd pulga sotib yuborib, 850 mln so‘mni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgan.

 

Shuningdek, Boyovut tumanida “B-M.” MCHJ masʼul shaxslari va boshqalar maktabgacha taʼlim muassasasini rekonstruksiya qilish uchun tijorat banki filialidan ajratilgan imtiyozli kredit mablag‘ining 549,6 mln so‘mini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

 

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

O‘zLiDeP navbatdagi Kongressga tayyorgarlikni boshladi: konferensiyalar o‘tkazilmoqda

O‘zLiDeP navbatdagi Kongressga tayyorgarlikni boshladi: konferensiyalar o‘tkazilmoqda

Kongress delegatlari hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida faol bo‘lgan tadbirkorlar, fermerlar, ziyolilar, yoshlar va xotin-qizlar orasidan saylanmoqda.

98 tonna gaz talon-toroj qilinishiga yo‘l qo‘yilmadi: 409 ta urinish aniqlandi

98 tonna gaz talon-toroj qilinishiga yo‘l qo‘yilmadi: 409 ta urinish aniqlandi

Gaz taqsimotida hisob tizimini chetlab o‘tishga qaratilgan urinishlar aniqlanib, bir nechta xodimga nisbatan qonuniy choralar ko‘rildi.

“O‘zbekfilm” milliy kinokompaniyasi tashkil etiladi: kino sohasida yangi islohotlar

“O‘zbekfilm” milliy kinokompaniyasi tashkil etiladi: kino sohasida yangi islohotlar

Toshkent shahrida bolalar kinoijodkorligi maktabi va platformasi tashkil etiladi.

Yomg‘ir ortidan sel kelishi mumkin: Toshkent viloyati aholisi ogohlantirildi

Yomg‘ir ortidan sel kelishi mumkin: Toshkent viloyati aholisi ogohlantirildi

Ayrim joylarda yomg‘ir suvlari to‘planib, suv bosishiga olib kelishi mumkin.

Alifbo o‘zgarishi pullarga ta’sir qiladimi?

Alifbo o‘zgarishi pullarga ta’sir qiladimi?

Markaziy bank yangi alifbo joriy etilishi amaldagi banknotlarga ta’siri yuzasidan izoh berdi.

Xalqaro qidiruvdagi o‘zbekistonlik Turkiyada ushlandi: u firibgarlikda gumonlanmoqda

Xalqaro qidiruvdagi o‘zbekistonlik Turkiyada ushlandi: u firibgarlikda gumonlanmoqda

U fuqarolarning ishonchiga kirib, ularning mol-mulkini qo‘lga kiritgan.

265 mln so‘mlik zarar: Jizzaxda gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

265 mln so‘mlik zarar: Jizzaxda gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

Fuqaro gaz hisoblagichining filtr qismidan rezina shlang orqali gaz tarmog‘iga ulangan.

Toshkentda mebel sexi yondi: jabrlanganlar yo‘q

Toshkentda mebel sexi yondi: jabrlanganlar yo‘q

Hozirda hodisa sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda.