O'zbekiston

Jizzaxdagi zavoddan ilk elektromobillar chiqdi

Shavkat Mirziyoyev ilk elektromobillarga imzo qo‘ydi.

Jizzaxdagi zavoddan ilk elektromobillar chiqdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 27 iyun kuni Jizzax viloyatiga kelib, BYD Uzbekistan Factory qo‘shma korxonasi faoliyati bilan tanishdi.

 

Mazkur zavod shu yil yanvarda davlat rahbarining Xitoyga tashrifi chog‘ida ishga tushirilgan edi. Bu qiymati 160 million dollarlik loyihaning birinchi bosqichi bo‘lib, yiliga 50 ming dona elektromobil ishlab chiqarish quvvatiga ega.

 

 

Buning uchun qo‘shma korxona zamonaviy sanoat infratuzilmasi bilan taʼminlandi. Qariyb 2 kilometr temir yo‘l tortildi. Ishlab chiqarish uzluksizligini taʼminlash uchun butlovchi qismlar ombori, 1 ming 200 ta konteyner sig‘imiga ega logistika markazi qurildi.  

 

Zavodga Xitoydan robotlashtirilgan tizimlar va uskunalar keltirib o‘rnatilgan. Ishlab chiqarish jarayoni avtomatlashtirilgan. Elektromobilning geometrik o‘lchamlarini yuqori aniqlikda tekshiruvchi laboratoriya tashkil qilingan.

 

Prezident ushbu imkoniyatlarni ko‘zdan kechirdi, xitoylik sheriklar bilan suhbatlashdi.

 

 

Hozirda bu yerda Chazor va Song Plus Champion modellari ishlab chiqarilmoqda. Shavkat Mirziyoyev ilk elektromobillarga imzo qo‘ydi. 

 

Shu yerda davlat rahbariga ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha axborot berildi. 

 

Kelgusi yillarda zavodda modellar qatorini kengaytirish rejalashtirilgan. Qiymati 300 million dollarlik ikkinchi bosqichda elektromobillar sonini yiliga 200 ming donaga, 500 million dollarlik uchinchi bosqichda 500 ming donagacha yetkazish ko‘zda tutilgan. 

 

 

Elektromobillar soni ortishi bilan mahalliylashtirish darajasi ham bosqichma-bosqich oshirib boriladi. Eng avvalo, bamper, oyna, lak-buyoq, plastik qismlarni o‘zimizda tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi. Keyinchalik akkumulyator, elektr dvigatel, alyuminiy qismlar, shinalar, o‘rindiqlar ishlab chiqarishga o‘tiladi.

 

Mazkur yangi tarmoqda raqobatbardosh bo‘lish uchun innovatsiya va yetuk mutaxassislar kerak. Shu bois taʼlim va rivojlanishga qaratilgan "R&D markazi" tashkil etish, ilm va muhandislik yutuqlarini izchil qo‘llab borish zarurligi taʼkidlandi. Mahalliylashtirish loyihalari orqali mahsulot tannarxini tushirish choralari muhokama qilindi. Istiqboldagi maqsad - mintaqa bozorlariga chiqish.

 

 

Bugungi kunda korxonada 1 ming 200 kishi ishlaydi. O‘tgan yili 200 nafar xodim Uzautomotors zavodlarida malaka oshirgan. Bu yil yana 92 nafar mutaxassis Xitoyning Sian va Chansha shaharlarida sifat nazorati, texnologiya, taʼminot, uskunalarga texnik xizmat ko‘rsatish kabi yo‘nalishlarda malaka oshiradi. Barcha uch bosqich joriy etilgach, ish o‘rinlari 10 mingtaga yetadi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev tavallud kuni munosabati bilan yo‘llangan tabriklar uchun minnatdorlik bildirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev tavallud kuni munosabati bilan yo‘llangan tabriklarni Yangi O‘zbekistonning xalqaro nufuzi va xalqqa bildirilgan hurmat ifodasi deb baholadi.

custom img

Jizzax shahrining bosh rejasiga o‘zgartirish kiritildi

Hujjatga ko‘ra, kelgusi yillarda shahar hududi qariyb ikki baravar kengaytiriladi, transport, uy-joy va muhandislik infratuzilmasi tubdan modernizatsiya qilinadi.

custom img

Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi uchta hujjatli film xalqaro telekanallarda namoyish etildi

24-iyul kuni Rossiya 24, Rossiya Kultura va Euronews telekanallarida O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining yaratilish tarixiga bag‘ishlangan uchta hujjatli film ilk bor efirga uzatildi. Filmlarda markazning tashkil etilishi, xalqaro ahamiyati va uning amalga oshirilish bosqichlari yoritilgan.

custom img

Saida Mirziyoyeva sudyalar va sud tizimi xodimlarini tabrikladi

Saida Mirziyoyeva 25-iyul — Xalqaro sudyalar va sud tizimi xodimlari farovonligi kuni munosabati bilan tabrik yo‘llab, sudyalar farovonligi adolatli va odil sudlovning muhim sharti ekanini ta’kidladi.

custom img

Boysundagi texnogen avariyani bartaraf etishga Xitoy mutaxassislari jalb qilinadi

Tomonlar qutqaruv-burg‘ilash ishlarini tez fursatda boshlash hamda zarur texnika va mutaxassislarni obyektga yetkazishga kelishib oldi.

custom img

Qashqadaryoda erkak o‘lgan itni Damas'ga bog‘lab sudradi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

custom img

Toshkentda mast ayol yo‘lning qatnov qismiga yotib oldi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi.

custom img

Yaponiya ikki nafar O‘zbekiston fuqarosini deportatsiya qildi

Biri texnik stajyor vizasi, ikkinchisi esa qisqa muddatli viza bilan Yaponiyaga kirib, ruxsat etilgan muddat tugaganidan keyin ham mamlakatni tark etmagan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"