O'zbekiston

16 davlat maqomchilarini jamlagan festival yakunlandi

Maqom sanʼati anjumani doirasida ilmiy-amaliy konferensiya va xalqaro tanlov tashkil etildi. Yakunda g‘oliblarga 15 ming AQSH dollarigacha pul mukofotlari topshirildi.

16 davlat maqomchilarini jamlagan festival yakunlandi

II Xalqaro maqom sanʼati anjumani doirasida 28-29 iyun kunlari Jizzax viloyatining Zomin tumanida Xalqaro tanlov o‘tkazildi. Unda jahonning 16 ta davlatlaridan 95 nafar maqom ijrochilari ishtirok etdi.

 

Xalqaro tanlov ishtirokchilarini xalqaro hayʼat aʼzolari — Tojikiston Respublikasidan Abduvali Abdurashidov, Ozarbayjon Respublikasidan Kerimi Siyavush Ashraf og‘lu, Misr arab Resoublikasidan Ashraf Abdelrahman, AQSHdan Mohsen Mohammadi, Hindistondan Ali Fateh, Turkiyadan Feyzioglu Nesrin va O‘zbekistondan Isroiljon Vahobov baholab bordi.

 

Xalqaro hayʼat tomonidan ko‘rik-tanlov ishtirokchilarining chiqishlari uchta nominatsiya bo‘yicha — “Eng yaxshi maqom ansambli”, “Eng yaxshi yakkaxon cholg‘u ijrochisi” “Eng yaxshi yakkaxon xonanda” bo‘yicha baholandi.

 

O‘tkaziladigan ko‘rik-tanlov natijalariga ko'ra, quyidagilar g'olib deb topildi va tashkiliy qo‘mita tomonidan diplom, statuyetka hamda pul mukofotlari bilan taqdirlandi:

 

GRAN-PRI — Eron “Fors” ansambli solisti

  • Ali Asg‘ar Arabshohiy

 

1-o‘rin (ansambl jamoasi) — O‘zbekiston

  • O‘zbek milliy maqom san’ati markazi Yunus Rajabiy nomidagi maqom xonandalari ansambli

1-o‘rin (yakkaxon ijrochi) — Tojikiston

  • Tojikiston milliy konservatoriyasi guruhi solisti Xurshid Iroximzoda

 

2-o‘rin (ansambl jamoasi) — O‘zbekiston

  • Maqom markazi Jizzax viloyati hududiy bo‘limi maqom ansambli

2-o‘rin (yakkaxon ijrochi) — Turkiya

  • Chidem Gurdal

 

3-o‘rin (ansambl jamoasi) — Xitoy

  • “Shinjon” badiiy teatri
  • “Maqom” badiiy truppasi

3-o‘rin (yakkaxon ijrochi) — Hindiston

  • Ali Amjad Xon

 

Shuningdek, anjuman doirasida faol ijrochilarni qo‘llab–quvvatlash  va rag‘batlantirish maqsadida taʼsis etilgan “Eng yaxshi maqom xonandasi”, “Eng yaxshi maqom sozandasi”, “Eng yaxshi maqom ustozi”, “Eng yaxshi maqom targ‘ibotchisi”, “Eng yaxshi yosh maqomchi”, “Eng yaxshi maqom bastakori” kabi nominatsiyalar bo‘yicha ishtirokchilar O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda Jizzax viloyati hokimligining rag‘batlantiruvchi sovg‘a va mukofotlar bilan taqdirlandi.

 

G‘oliblarni O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyevlar taqdirlashdi.

 

Shu bilan birga, anjumanning har bir ishtirokchisiga “Xalqaro maqom sanʼati anjumani ishtirokchisi” sertifikati taqdim etildi.

 

custom img

Omonatdagi pulni o‘zlashtirish: Toshkentda bank mas’ullariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Tijorat banki mas’ullari fuqaro nomidan qalbaki hujjatlar rasmiylashtirib, uning omonatidagi 300 ming dollarni o‘zlashtirgan.

custom img

25 va 50 foiz: talabalar uchun kontrakt to‘lash muddati uzaytirildi

Qo‘shimcha muddat bakalavriat va magistraturaga tavsiya etilgan abituriyentlar, o‘qishi ko‘chirilgan yoki ko‘chirib tiklangan hamda qayta tiklangan talabalarga tegishli.

custom img

5 milliard so‘mlik zarar: xalqaro qidiruvdagi shaxs Turkiyada qo‘lga olindi

Mazkur shaxs ajratilgan kredit mablag‘larini o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilganlikda gumon qilinmoqda.

custom img

Banklarda 461 mlrd so‘mlik firibgarlikning oldi olindi: 18 milliondan ortiq operatsiya cheklandi

O‘zbekistonda 2026-yilning dastlabki 6 oyida zararli dastur aniqlangani sabab 1,28 millionta qurilmada bank ilovalaridan foydalanish cheklangan.

custom img

Angrenda bemor “probasiz” ukol ortidan komaga tushdimi? Holat yuzasidan tekshiruv boshlandi

Tekshiruv yakunlari asosida holatga huquqiy va tibbiy jihatdan baho berilishi ma’lum qilindi.

custom img

«Chiqarilgan hukmdan ozgina noroziman»: tayinlangan jazo yuzasidan sud munosabat bildirdi

Toshkent shahar sudi YPX inspektori o‘limiga sababchi bo‘lgan sudlanuvchiga 2,4 yillik jazo berilgani yuzasidan izoh berdi.

custom img

"Yil o‘qituvchisi" tanlovi: Qoraqalpog‘istonlik pedagog 50 ming dollar mukofotni qo‘lga kiritdi

Respublika bo‘yicha 208 nafar, Qoraqalpog‘istondan esa 17 nafar o‘qituvchi ushbu tanlovda g‘olib deb topildi.

custom img

Toshkent osmonida yorqin obyekt kuzatildi: mutaxassislar dastlabki xulosani berdi

Toshkent osmonida kuzatilgan yorqin obyekt meteor yoki bolid emasligi aytildi. Hodisa Xitoydan uchirilgan raketa bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"