O'zbekiston

Byudjet mablag‘larining moliyaviy nazorati kuchaytiriladi

Prezident bu bo‘yicha takliflar bilan tanishdi.

Byudjet mablag‘larining moliyaviy nazorati kuchaytiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev byudjet mablag‘laridan foydalanilishi ustidan moliyaviy nazoratni kuchaytirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

 

Bugun dunyodagi murakkab jarayonlar iqtisodiyotga ham o‘z taʼsirini o‘tkazmoqda. Mablag‘ topish, jamg‘arish, ko‘paytirish tobora qiyin bo‘lib bormoqda. Bunday sharoitda bor manbalardan samarali foydalanish, tejamkorlik va aniqlik yana-da muhim.

 

Shu yil 16 yanvar kuni iqtisodiyotdagi ustuvor vazifalar yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida davlatimiz rahbari byudjet xarajatlarining samaradorligi masalasiga alohida to‘xtalib, moliyaviy nazoratni kuchaytirish bo‘yicha topshiriqlar bergan edi.

 

 Maʼlumki, bu vazifani O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi amalga oshiradi. Hozirgi tizimda faqat byudjet va maqsadli jamg‘armalar xarajati tashqi audit bilan qamrab olingan. Bu jami xarajatlarning 86 foizini tashkil etadi.

 

Shu bois Hisob palatasi tomonidan konsolidatsiyalashgan byudjet ijrosini tashqi auditdan o‘tkazish taklif etilmoqda. Bu byudjetdan tashqari jamg‘armalar hamda tashqi qarz hisobidan xarajatlarni ham qamrab olish imkonini beradi.

 

Hisob palatasi faoliyatida davlat dasturlaridagi milliy maqsad va vazifalarga erishishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavflarni baholashga qaratilgan strategik audit hamda davlat tashkilotlaridagi dasturiy taʼminotlar samaradorligi bo‘yicha axborot texnologiyalari auditi joriy etilishi mo‘ljallanmoqda.

 

Yurtimizda 30 mingga yaqin byudjet tashkiloti va davlat korxonalari bo‘lib, ularni joyiga chiqib o‘rganishga ko‘p vaqt va mablag‘ ketadi. Shuning uchun Hisob palatasida “Masofaviy nazorat markazi” ishga tushirildi. Endi ilg‘or xorijiy tajriba asosida 36 ta risk-tahlil mezonlari va indikatorlarini takomillashtirish zarurligi taʼkidlandi.

 

So‘nggi yillarda hududlar rivojiga katta mablag‘lar yo‘naltirilayapti. Lekin mahalliy kengashlar byudjet muhokamasida asosan viloyat yoki tuman byudjeti bilan cheklanayapti. Bu – har bir hududga barcha manbalardan berilayotgan mablag‘larning 65-70 foizi ularning nazoratidan chetda qolayapti, degani.

 

Shu bois Hisob palatasi byudjet jarayonini nafaqat Oliy Majlis palatalarida, balki mahalliy kengashlarda ham muhokama qilib borishi kerakligi qayd etildi.

 

custom img

Angrenda bemor “probasiz” ukol ortidan komaga tushdimi? Holat yuzasidan tekshiruv boshlandi

Tekshiruv yakunlari asosida holatga huquqiy va tibbiy jihatdan baho berilishi ma’lum qilindi.

custom img

«Chiqarilgan hukmdan ozgina noroziman»: tayinlangan jazo yuzasidan sud munosabat bildirdi

Toshkent shahar sudi YPX inspektori o‘limiga sababchi bo‘lgan sudlanuvchiga 2,4 yillik jazo berilgani yuzasidan izoh berdi.

custom img

"Yil o‘qituvchisi" tanlovi: Qoraqalpog‘istonlik pedagog 50 ming dollar mukofotni qo‘lga kiritdi

Respublika bo‘yicha 208 nafar, Qoraqalpog‘istondan esa 17 nafar o‘qituvchi ushbu tanlovda g‘olib deb topildi.

custom img

Toshkent osmonida yorqin obyekt kuzatildi: mutaxassislar dastlabki xulosani berdi

Toshkent osmonida kuzatilgan yorqin obyekt meteor yoki bolid emasligi aytildi. Hodisa Xitoydan uchirilgan raketa bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

custom img

616 mln so‘mlik mukofot: “Yil o‘qituvchisi” g‘oliblari aniqlandi

Tanlovda 46 mingdan ortiq pedagog ishtirok etdi. G‘oliblar uch bosqichda saralandi.

custom img

17 yoshli o‘quvchi gashish bilan ushlandi: jo‘natma Rossiyadan yuborilgan

Giyohvandlik vositalari konserva qutisiga yashirilgan bo‘lgan.

custom img

Toshkentda havo keskin ifloslandi: mutaxassislar asosiy sabablarni ma’lum qildi

19-sentyabr soat 21:00 dan 20-sentyabr soat 04:00 gacha Toshkentda havo sifati vaqtincha yomonlashib, AQI 101–150 — sezgir guruhlar uchun zararli darajaga yetishi mumkin.

custom img

Qoraqalpog‘istonni rivojlantirish va aholi farovonligini oshirish bo‘yicha yangi vazifalar belgilandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Qoraqalpog‘istonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"