O'zbekiston

Tibbiyot chiqindilaridan issiqlik energiyasi ishlab chiqariladi

Bu bo‘yicha Prezident qarori qabul qilindi.

Tibbiyot chiqindilaridan issiqlik energiyasi ishlab chiqariladi

Unga ko‘ra, “Sayar LLC” kompaniyasi (Investor) tomonidan “Tibbiyot chiqindilaridan muqobil issiqlik energiyasi ishlab chiqarish” investitsiya loyihasi doirasida “Sayar green” masʼuliyati cheklangan jamiyati shaklidagi xorijiy korxona (Loyiha kompaniyasi) taʼsis etilgan.

 

Investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida Investor, Loyiha kompaniyasi va Hukumat nomidan Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi o‘rtasida tuzilgan Investitsiya shartnomasi tasdiqlandi.

 

2024 yil 1 avgustdan tibbiyot chiqindilaridan muqobil issiqlik energiyasini ishlab chiqarish uchun barcha turdagi tibbiyot muassasalarida hosil bo‘ladigan tibbiyot chiqindilari to‘liq hajmda Loyiha kompaniyasiga topshiriladi.

 

Loyiha kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan issiqlik energiyasi belgilangan tartibda tasdiqlangan tariflarda tibbiyot muassasalari tomonidan sotib olinishi taʼminlanadi. Bunda issiqlik energiyasi boshqa shaxslarga ham belgilangan tartibda yetkazib berilishi mumkin.

 

Investitsiya loyihasi amalga oshiriladigan hududlarda joylashgan barcha turdagi tibbiyot muassasalarida hosil bo‘ladigan tibbiyot chiqindilarini Loyiha kompaniyasiga to‘liq yetkazib berish bo‘yicha talabga rioya etmaslik sanitar osoyishtalik va chiqindilarni to‘plash, tashish, joylashtirish, zararsizlantirish, saqlash, utilizatsiya qilish, qayta ishlash hamda realizatsiya qilish davomida tabiatni muhofaza qilish talablarini buzganlik hisoblanadi.

custom img

Sud ishlariga aralashuv: mansabdorlar 5 yilgacha qamalishi mumkin

O‘zbekistonda sud ishlariga noqonuniy aralashganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi.

custom img

Qamchiq dovonidagi kutilmagan sarguzasht: yo‘lini yo‘qotgan 17 kishiga yordam berildi

Fuqarolar yashash manzillariga sog‘-salomat yetkazilgan.

custom img

O‘zbekiston Prezidenti Koreyadagi vatandoshlar bilan muloqot qildi

Shavkat Mirziyoyev yurtdoshlar bilan suhbatlashib, ularning faoliyati, o‘qishi va kelajak rejalari bilan qiziqdi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev rafiqasi hamrohligida davlat tashrifi bilan Seulga keldi

O‘zbekiston Prezidentini Bosh vazir o‘rinbosari – iqtisodiyot va moliya vaziri Ku Yun Chxol hamda boshqa rasmiylar kutib oldi.

custom img

Prezident topshirig‘i bilan podpolkovnik Dilnoza Redjabovaga polkovnik unvoni berildi

U IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati Axborot xizmatida yetakchi mutaxassis lavozimida faoliyat yuritadi.

custom img

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan Koreya Respublikasida bo‘ladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev birinchi “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” sammitida ham ishtirok etadi.

custom img

O‘zbekiston TIV Saudiya Arabistoniga hujumdan xavotir bildirdi

Vazirlik tinch aholi, fuqarolik va energetika infratuzilmasi obyektlariga qarshi kuch ishlatilishini hamda Yaqin Sharq davlatlari xavfsizligiga tahdid soluvchi har qanday harakatlarni keskin qoraladi.

custom img

Noqonuniy diniy taʼlim va giyohvandlik: sobiq imom-xatib 3,5 yilga qamaldi

Sobiq imom-xatib 5 nafar voyaga yetmaganga noqonuniy diniy taʼlim bergani va giyohvandlik vositalarini isteʼmol qilgani uchun 3 yil 6 oyga ozodlikdan mahrum etildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"