O'zbekiston

Qo‘llarni nega tez-tez yuvish kerak?

JSSTga ko‘ra, qo‘llarni yuvmaslik muammosi global miqyosda ko‘rib chiqilsa, halokatli oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Qo‘llarni nega tez-tez yuvish kerak?

Pandemiya davrida qo‘llarni muntazam tarzda sovunlab yuvish kun tartibiga chiqqan edi. Ammo hozirchi, gigiyenaning bu oddiy qoidasi ko‘pchilik tomonidan unutilmadimikan?! Qo‘llarni doim yuvish turli kasalliklar profilaktikasida muhim ahamiyatga ega. Shu sababli bu mavzuga yana bir bor qaytib, unga doir qiziqarli faktlarni keltirib o‘tamiz.

 

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga ko‘ra, qo‘llarni yuvmaslik muammosi global miqyosda ko‘rib chiqilsa, halokatli oqibatlarga olib kelishi mumkin. JSST ekspertlarining fikricha, “ovqatlanishdan oldin va hojatxonadan foydalangandan keyin qo‘l yuvish” kabi oddiy qoidaga rioya qilish orqali ko‘plab kasallikning oldini olish mumkin.

 

Eng ko‘p bakteriyalar qo‘l kaftida yashaydi. Inson tanasidagi ko‘p bakteriyalar soch va qo‘llarda to‘plangan. Bakteriyalarning aksariyati tirnoqlar ostida, kaftlarning yon tomonlarida va terining burmalarida bo‘ladi.

 

Toza qo‘l terisi yuzasida mikroblar 10 daqiqa ichida o‘ladi. Agar qo‘llar iflos bo‘lsa, 95% hollarda mikroblar omon qoladi va faol ravishda ko‘payishi mumkin.

 

Olimlar chap va o‘ng qo‘llarda mutlaqo boshqa-boshqa mikroblar yashashini aniqlagan.

 

Ofis xodimining qo‘llari o‘rtacha 10 million turdagi bakteriyalar bilan aloqa qiladi.

 

Yuzasida eng ko‘p bakteriya to‘planadigan narsalar — pul, telefon va eshik tutqichlaridir. Chunki ular doimiy muomalada bo‘lib, bir kunda bir nechta qo‘l bilan ushlanishi mumkin. Shunga qaramay, katta yoshli aholining atigi 27 foizi pul ushlaganidan keyin qo‘llarini yuvar ekan.

 

Zamonaviy texnologiyalarning rivojlanishi bilan ko‘plab mikroorganizmlar kompyuterlar va noutbuklarning klaviaturalarida, shuningdek shahar aholisining aksariyati deyarli bir daqiqaga ham ajralmaydigan mobil telefonlarida yashaydi. Masalan, mobil telefon yuzasida mikrob va bakteriyalar hojatxonadagiga qaraganda 10 baravar ko‘proq bo‘larkan.

 

Qo‘lni kamida 20 soniya davomida va iliq suvda yuvish tavsiya etiladi. Juda issiq suvda yuvish qo‘l gigiyenasi samaradorligini oshirmaydi. Aksincha, issiq suv zararli bo‘lib, qo‘lning nozik terisini quritadi va yallig‘lantirishi mumkin.

 

Afsuski, tez-tez qo‘l yuvish foydali mikroorganizmlarni ham o‘ldiradi. Qo‘llarimizda nafaqat kasallik uyg‘otuvchi, balki organizmimizni himoya qiladigan foydali bakteriyalar ham yashaydi. Qo‘llarni haddan tashqari ko‘p yuvish ularning ham nobud bo‘lishiga olib keladi.

 

Bundan tashqari, yuvish vositalaridan ko‘p foydalanish tufayli teri yorilishi va bu yoriqlar infeksiyalar uchun o‘ziga xos “kirish eshigi”ga aylanishi mumkin. Biroq, bu qo‘llarni kuniga bir-ikki marta yuvish kerak degani emas, ularni har safar ifloslanganidan keyin tozalash kerak.

custom img

Buxoro tarixiy hududida cheklov: elektrosamokat va mopedlar harakati taqiqlanadi

Yangi tartib 2026-yil 1-oktyabrdan kuchga kiradi.

custom img

Hindiston va Bangladesh fuqarolarini OTMlarga qabul qilmaslik bo‘yicha ko‘rsatma berildimi?

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tarqalgan xabarlarga oydinlik kiritdi.

custom img

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Ispaniyada Terres oltin mukofotini qo'lga kiritdi

Ben Kingsli ishtirokidagi “Ma’rifat aks-sadosi” — New York Festivals hamda Kann korporativ media va televideniye festivali finalisti.

custom img

“Yashil makon”da sun’iy intellekt qo‘llaniladi: tuproq, iqlim va suv ta’minoti tahlil qilinadi

Prezident ishlar samaradorligini ekilgan ko‘chatlarning bir, uch va besh yildan keyingi holati asosida baholash zarurligini ta’kidladi.

custom img

Vino shishasi va qadoqlangan ziravorlar: Tailanddan O‘zbekistonga narkotik olib kirilishining oldi olindi

13 kgdan ortiq “gashish moyi”ning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

custom img

Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi: O‘zbekistonda 3 hududda sezildi

Tog‘li Badaxshon hududidagi zilzila 4,9 magnitudani tashkil etgan.

custom img

Rossiya, Vetnam va Tailanddagi tajriba: Chirchiqda narkolaboratoriya fosh etildi

Giyohvandlik vositalarini tayyorlash va sotish bilan shug‘ullangan 4 nafar fuqaro ushlandi.

custom img

“Mutlaqo xavfsiz”, “nojo‘ya taʼsiri yo‘q”: Raqobat qo‘mitasi tibbiy xizmatlar reklamasi bo‘yicha ogohlantirdi

Qo‘mita tibbiy xizmatlar reklamasida davolash natijasini kafolatlash, mutlaq xavfsizlikni vaʼda qilish yoki qarshi ko‘rsatmalarni inkor etishga yo‘l qo‘yilmasligini eslatdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"