O'zbekiston

Farruh Zokirov Ozarbayjon xalq artisti bo‘ldi

Bu bo‘yicha Ilhom Aliyevning farmoni qabul qilindi.

Farruh Zokirov Ozarbayjon xalq artisti bo‘ldi

O‘zbekiston xalq artisti Farruh Zokirovga Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning farmoni bilan “Xalq artisti” faxriy unvoni berildi. Bu haqida Madaniyat vazirligi xabar bermoqda. 

 

Qayd etilishicha, Ozarbayjon Respublikasi bilan O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi madaniy aloqalarni rivojlantirishdagi xizmatlari uchun Farruh Zokirovga “Xalq artisti” faxriy unvoni berilgan.

 

Maʼlumot uchun, 78 yoshli Farruh Zokirov bir vaqtning o‘zida 7 ta – O‘zbekiston, Qoraqalpog‘iston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Ingushetiya, Tatariston va Boshqirdistonning xalq artisti hisoblanadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"