O'zbekiston

Maʼnaviyat va maʼrifat markaziga nisbatan ish qo‘zg‘atildi

Maʼlum bo‘lishicha, 1,4 mlrd so‘mlik tanlovlar bo‘yicha tanqidiy fikrlar bildirilgan.

Maʼnaviyat va maʼrifat markaziga nisbatan ish qo‘zg‘atildi

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan boshlang‘ich qiymati 1,4 mlrd so‘mdan ortiq bo‘lgan qadriyatim.uz, tanlov.manaviyat.uz sayti va mobil ilovasini hamda markazning rasmiy veb-portalini yaratish xizmati bo‘yicha tanlov savdolari yuzasidan tanqidiy murojaatlar qoldirilgan.

 

Ushbu holatga tezkorlik bilan aniqlik kiritish maqsadida Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan tanlov savdolari bo‘yicha o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

 

O‘rganish ishlari bo‘yicha qo‘shimcha axborot taqdim etilishi aytildi.