O'zbekiston

Toshkentda Laсetti avariyaga uchrab, majaqlanib ketdi

Hodisa vaqtida uning salonida 4 nafar yo‘lovchi bo‘lgan.

Toshkentda Laсetti avariyaga uchrab, majaqlanib ketdi

Bugun, 25 iyul kuni Toshkent shahrining Mirobod tumanida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.

 

Maʼlumotlarga ko‘ra, 2005 yilda tug‘ilgan haydovchi Lсetti rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yo‘qotgan va yo‘l chetidagi beton ustunga borib urilgan.

 

YTH natijasida haydovchi va bir nafar yo‘lovchi olgan tan jarohatlari  natijasida vafot etgan.

 

Shuningdek, avtomashina ichida bo‘lgan yana 3 nafar yo‘lovchilar turli darajadagi jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.

 

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"