Sport

Parijdagi Olimpiada janjal bilan boshlanmoqda

Sportchilar turli muammolarga duch kelishyapti.

Parijdagi Olimpiada janjal bilan boshlanmoqda

 

Parijdagi Olimpiya o'yinlari hali rasman ochilgani yo'q. Biroq, shunga qaramay allaqachon tashkililiy ishlar bilan bog'liq muammolar yuzaga kelmoqda. 40 ta davlat o'z politsiyasini Fransiyaga yuborgan, ammo xabarlarda aytilishicha bu ham yetarli emas. Sportchilar yashash sharoiti, konditsioner va ishlamaydigan liftlar yo‘qligidan shikoyat qilmoqda. Olimpiada o‘yinlariga kelgan isroillik sportchilarga qarshi namoyishlar bo'lib o'tmoqda. Namoyishlar butun shaharni qamrab olgan. Ko‘chalar qo‘llarida Falastin bayroqlari ko‘targan odamlar bilan to‘lgan.

 

“Odamlar nega isroillik sportchilarni Olimpiadaga taklif qilishganini tushuna olmayaptilar. Ularga hamma narsa ruxsat etilmoqda biroq, biz bunga mutlaqo qo'shilmaymiz. Bizning fikrimizcha, ularga musobaqalarda qatnashish taqiqlanishi kerak edi”, - dedi norozilik namoyishi ishtirokchilaridan biri.

 

Ko‘chalarda Isroilga qarshi namoyishlar bo‘layotgan bir paytda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron barchani tinchlanishga chaqirmoqda.

 

“Biz isroillik sportchilarni Fransiyada ko‘rishdan xursand bo‘lamiz. Ular o'z davlat bayrog'i ostida chiqishlari mumkin. Chunki, Olimpiya harakati shunday qaror qildi”, - deb tushuntirdi Makron.

 

Olimpiada janjallar ostida boshlanmoqda. Sportchilarni kunduzi talon-taroj qilishmoqda. Argentina futbol jamoasi a'zolarining narsalari o'yindan oldingi mashg'ulot vaqtida o'g'irlab ketildi.

 

“Kecha mashg'ulotimizga o'g'rilar bostirib kirishdi. Tiago Almadaning buyumlari o‘g‘irlangan. Uning soati, uzuklari va boshqa hamma narsasi yo'q. Biz hech narsa demoqchi emasdik, lekin bu kabi holatlar juda ko'p uchramoqda”, - dedi Argentina olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Xaver Maskerano.

 

Avstraliyalik velosport yulduzining asbob-uskunalari bo'lgan furgoni sindirilib, Parijga ketayotganda uning qimmatbaho jihozlari solingan sumkalari ag'darilgan. Transportda ham muammolar mavjud. Sportchilar skeytbordlarda stadionlarga borishga majbur bo'lmoqda. Hamda Olimpiya qishlog'ining o'zi Parijning eng noqulay joylaridan birida qurilgan. Olimpiyachilar nisbatan og'ir sharoitda yashamoqdalar. Xonalarda konditsionerlar bilan bog'liq muammolar bor. Bundan tashqari, qattiq matraslar va kartondan qilingan g'alati to'shaklar ishtirokchilar noqulaylik tug'dirmoqda.

 

Parij hibsda. Shahar metall panjaralar bilan o‘ralgan. Siz hatto Eyfel minorasini ko'rishga ham bora olmaysiz.

 

“Shahar qamal ostida. Bu yerda harbiy holat joriy qilingandek tuyuladi. Men bu yerdan ketaman deb o'ylayman. Ko'chada deyarli odam yo'q, har qadamda politsiya. Agar men hech qayerga bora olmasam, bu yerda nimani ko'rishim mumkin? ” – degan shaharga kelgan sayyohlardan biri.

 

Bu xavfsizlik choralarining barchasi oddiy fransuzlarning yashashini qiyinlashtiradi. Shahar bo'ylab harakatlanish uchun sizga maxsus QR kodlari kerak bo'ladi. Shahar aholisi endi sevimli qahvaxonasida kofe icholmayotganidan g'azabda. Sababi ular shunchaki u yerga bora olmaydi.

 

“Xavfsizlik choralari nihoyatda kuchaytirilgan. Hamma joy o‘rab olingan. Hech qayerga borolmaysiz, - deya shikoyat qilgan mahalliy aholidan biri.

 

Supermarketlar, butiklar, kafe va restoranlar katta miqdorda pul yo'qotmoqda.

 

“Bu iqtisodiy falokat. Restoran xodimlarimiz ishga kelishda qiynalmoqda, yoki umuman kelishmayapti. Har holda, bizning restoranda mijozlar ko'p emas. Biz hatto mahsulotlarni olib kelolmayapmiz”, - degan tadbirkorlardan biri.

 

Olimpiya o‘yinlarning tantanali ochilish marosimi bugun bo‘lib o‘tadi. Shu bilan birga, Fransiya poytaxtida xavfsizlik choralari yanada kuchaytirilishi kutilyapti.

custom img

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi yana uchta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik sportchilar Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlarining navbatdagi bahslarida aralash jang sanʼati va ushu yo‘nalishlarida uchta kumush medalga sazovor bo‘ldi.

custom img

Osiyo o‘yinlari: O‘zbekiston U-23 jamoasi chorak final yo‘llanmasini naqd qildi

Ravshan Haydarov shogirdlari muddatidan avval guruhdan chiqish vazifasini uddaladi.

custom img

Isroil boykot qilindi: Pokiston Isroilga qarshi doskaga chiqmadi

Samarqandda o‘tayotgan 46-FIDE Jahon shaxmat Olimpiadasining birinchi turida Pokiston shaxmat federatsiyasi shaxmatchilarini Isroilga qarshi o‘ynatmadi.

custom img

135 ta tegish va 95 foiz aniqlik: Abduqodir Xusanovning “Norvich”ga qarshi o‘yini qanday o‘tdi?

Sofascore o‘zbekistonlik futbolchi o‘yinini 7,6 ballga baholadi.

custom img

6 ta jamoa, 6 ta g‘alaba: O‘zbekiston shaxmat Olimpiadasini muvaffaqiyatli boshladi

O‘zbekistonning erkaklar jamoalari Yamayka, Afg‘oniston va Mali ustidan, ayollar jamoalari esa Trinidad va Tobago, Togo hamda Tanzaniya ustidan g‘alaba qozondi.

custom img

O‘zbek himoyachisi: Behruz Karimov Shveytsariyadagi ilk golini urdi

“Lugano” qoldirilgan tur uchrashuvida “Sankt-Gallen”ni 4:1 hisobida mag‘lub etib, turnir jadvalidagi peshqadamligini saqlab qoldi. Bellashuvda O‘zbekiston milliy jamoasi himoyachisi Behruz Karimov ham gol urdi.

custom img

Javohir Sindarov dunyoning 2-raqamli shaxmatchisiga aylandi

O‘zbekistonlik grossmeyster tezkor shaxmat reytingida birdaniga to‘rt pog‘ona yuqorilab, 2742,6 ochko bilan ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi.

custom img

Messi Ispaniyaning “Eldense” klubini sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishdi

Argentinalik futbol yulduzi Ispaniya professional futbolidagi investitsiyalarini kengaytirmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"