O'zbekiston

Namanganda obodonlashtirish boshqarmasi javobgarlikka tortildi

Korxona tender savdolarida qonun buzilishiga yo‘l qo‘ygan.

Namanganda obodonlashtirish boshqarmasi javobgarlikka tortildi

Namangan viloyati Kosonsoy tuman obodonlashtirish boshqarmasi amalga oshirgan 28 ta tender savdolarida qonun buzilishi holatlariga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi. 

 

Qayd etilishicha, tuman obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan 2023 yilda 15 ta boshlang‘ich narxi 970 million so‘mga yaqin va 2024 yil I-yarim yillik holatiga 13 ta 1 milliard 356 million so‘mlik tender savdolarida buyurtmachi tashkilot (xarid komissiyasi) – Kosonsoy tuman obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan ishtirokchi MCHJlar taqdim etgan tanlov takliflarini baholash mezonlarini belgilashda qonun buzilishi holatlariga yo‘l qo‘yilganligi aniqlangan.

 

Yuqoridagi holatlardan kelib chiqib, buyurtmachiga “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunning 29-moddasi talablari buzilishi yuzasidan Maxsus komissiya tomonidan belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atilib, qonun buzilishini bartaraf etish maqsadida bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma berildi. Shuningdek, qonun buzilishiga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxs maʼmuriy javobgarlikka tortildi.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Kuz-qish mavsumida gaz resurslari mavjud hajm va ob-havo sharoitidan kelib chiqib taqsimlanadi.

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Sud tomonidan tayinlangan jinoiy jarima MIB tomonidan to‘liq undirilib, sud hujjati ijrosi taʼminlandi.

Jizzaxda soliq qarzi sabab ikkita BYD xatlandi

Jizzaxda soliq qarzi sabab ikkita BYD xatlandi

Qarzdorlik bartaraf etilmagan taqdirda, mashinalar auksionda sotiladi.