Sport

"O‘zbekistonimizga munosib g‘alabalar, kamarlar bilan qaytish nasib qilsin"

Super yarim o‘rta vazn toifasida WBA kamari sohibi Isroil Madrimov 3-avgust kuni Terens Kroufordga qarshi jang qiladi.

"O‘zbekistonimizga munosib g‘alabalar, kamarlar bilan qaytish nasib qilsin"

 

Mazkur jang oldidan Madrimov o‘zbekistonlik muxlislarga murojaat yo‘lladi.

 

“Assalomu alaykum, vatandoshlar. Mana hozir jang bo‘ladigan arenada turibmiz. 3-avgustda shu yerdan g‘alaba bilan qaytishga harakat qilamiz. Buning uchun sizlarning qo‘llab-quvvatlashingiz va duo qilishingizni so‘rab qolaman. O‘zbekistonimizga munosib g‘alabalar, kamarlar bilan qaytish nasib qilsin. Olg‘a, O‘zbekiston!”, — dedi Madrimov.

 

Madrimov va Terens o‘rtasidagi jang Amerika Qo‘shma Shtatlarining Los-Anjeles shahrida 3-avgust kuni bo‘lib o‘tadi. Ushbu qarama-qarshilik birinchi o‘rta vazn toifasidagi WBA kamari uchun kechadi.

"O‘zbekistonimizga munosib g‘alabalar, kamarlar bilan qaytish nasib qilsin" | Zamon.uz