O'zbekiston

Gaz narxi oshganiga Raqobat qo‘mitasi izoh berdi

Hozirda qo‘mita tomonidan o‘rganish olib borilmoqda.

Gaz narxi oshganiga Raqobat qo‘mitasi izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqda “propan” gaz narxlarining keskin oshganligi yuzasidan eʼtirozlar tarqalib, jamoatchilik tomonidan muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Holatga Raqobat qo‘mitasi munosabat bildirdi.

 

Qayd etilishicha, qo‘mita tovar-xom ashyo birjalari orqali realizatsiya qilinishi belgilangan suyultirilgan gaz mahsulotining qo‘yilishi va sotilishi yuzasidan tegishli o‘rganishlarni olib bormoqda.

 

“O‘rganish yakunlari yuzasidan qo‘shimcha maʼlumot taqdim etiladi”, deyiladi rasmiy munosabatda.

 

Taʼkidlanishicha, Raqobat qo‘mitasi o‘z funksiyalaridan kelib chiqqan holda birja savdolarida sotilayotgan yuqori likvidli mahsulotlarning realizatsiyasi holatini doimiy tahlil qilib keladi, xususan, suyultirilgan gazning narxlarini oshishi mumkinligini oldindan prognoz qilgan holda, uning narxini barqarorlashtirishni taʼminlash maqsadida tegishli choralar ko‘rish yuzasidan masʼul regulyatorga xabar yuborilgan.

custom img

O‘zbekistonning ilm-fan va davlat siyosatini integratsiya qilish tajribasi YUNESKO global konferensiyasida taqdim etildi

Tadbirda Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti Shahlo Turdiqulova mamlakatning ilmiy siyosati va Orolbo‘yini tiklash borasidagi tajribasi haqida ma’ruza qildi.

custom img

Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Nasiba Madrahimova 80 yoshida vafot etdi

“Bahor” davlat raqs ansamblining yetakchi raqqosalaridan biri boʻlgan sanʼatkor uzoq yillar milliy raqs sanʼati rivojiga munosib hissa qoʻshgan.

custom img

Farg‘onada hujra tashkil etib, voyaga yetmaganlarga diniy saboq bergan shaxs qo‘lga olindi

Uning oyiga 1,5 million so‘m evaziga 8 nafar voyaga yetmaganga noqonuniy diniy ta’lim bergani aniqlangan.

custom img

Ilmiy maqolangizni xalqaro jurnalda chop etmoqchimisiz? Amaliy seminar tashkil etiladi

Scopus va Web of Science nashrlari uchun 3 kunlik amaliy trening bo‘lib o‘tadi.

custom img

Namanganda do‘lga qarshi 18 ta "Alazan-6" raketalari uchirildi

Maxsus choralar qishloq xo‘jaligi ekinlarini do‘lning salbiy ta’siridan himoya qilish maqsadida amalga oshirildi.

custom img

Anomal issiq sabab yopilgan bog‘cha xodimlariga ish haqi to‘liq to‘lanadi

Bog‘chaga bormagan kunlar uchun ota-onalardan to‘lov undirilmaydi, oldindan to‘langan mablag‘ esa keyingi oy hisobiga o‘tkaziladi.

custom img

O‘ta xavfli jinoyatchi Misrdan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

Interpol qidiruvidagi shaxs tovlamachilik va boshqa og‘ir jinoyatlarda ayblangan.

custom img

O‘zbekistonlik olima Xalqaro Matematika Ittifoqi qo‘mitasi a’zoligiga saylandi

AQShda o‘tgan Xalqaro Matematika Ittifoqi Bosh Assambleyasida olima Umida Baltayeva nufuzli qo‘mita tarkibiga saylandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"