O'zbekiston

5-avgust uchun ob-havo prognozi eʼlon qilindi

Ayrim hududlarda chang-to‘zonlar bo‘lishi kutilyapti.

5-avgust uchun ob-havo prognozi eʼlon qilindi

5-avgust kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kunning ikkinchi yarmida shamolning tezligi sekundiga 10-12 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 23-25 daraja iliq, kunduzi 37-39 daraja issiq bo‘ladi.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 20-25 daraja iliq, kunduzi 36-41 daraja issiq bo‘ladi.  

 

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlari bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 23-28 daraja iliq, kunduzi 35-40 daraja issiq bo‘ladi.    

 

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Baʼzi joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlari bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 21-26 daraja iliq, kunduzi 34-39 daraja issiq bo‘ladi.  

 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlari bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 23-28 daraja iliq, kunduzi 37-42 daraja issiq bo‘ladi.  

 

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Baʼzi joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlari bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 20-25 daraja iliq, kunduzi 34-39 daraja issiq bo‘ladi.  

 

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Baʼzi joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 14-19 daraja iliq, kunduzi 26-31 daraja issiq bo‘ladi.  

Ish haqi berilmagan edi: Rossiyada 8 o‘zbekistonlikka 1,5 million rubldan ortiq mablag‘ undirildi

Ish haqi berilmagan edi: Rossiyada 8 o‘zbekistonlikka 1,5 million rubldan ortiq mablag‘ undirildi

Undiriladigan mablag‘ ish haqi qarzdorligi, kechiktirilgan to‘lovlar uchun kompensatsiya va ma’naviy zarar tovonlarini o‘z ichiga oladi.

Toshkent IES mazut yoqishni to‘xtatishi mumkin: yangi “Halqa” podstansiyasiga kuchlanish berildi

Toshkent IES mazut yoqishni to‘xtatishi mumkin: yangi “Halqa” podstansiyasiga kuchlanish berildi

Yangi podstansiyaning ishga tushirilishi natijasida Toshkent shahri va Toshkent viloyatining bir qismidagi elektr yuklamalari qayta taqsimlanadi.

O‘zbekistonda yangi texnikum tashkil etiladi: qutqaruvchilar tayyorlanadi

O‘zbekistonda yangi texnikum tashkil etiladi: qutqaruvchilar tayyorlanadi

Muassasa 2027/2028-o‘quv yilidan faoliyat boshlaydi. Unda maktab bitiruvchilari davlat granti va kontrakt asosida tahsil olishi mumkin.

Prezident sog'liqni saqlash xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi

Prezident sog'liqni saqlash xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt va kasbiy faoliyatlarida muvaffaqiyat tiladi.

Shavkat Mirziyoyev Prezident Olimpiadasi sport musobaqalarining g‘oliblari va ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev Prezident Olimpiadasi sport musobaqalarining g‘oliblari va ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi

Davlat rahbari sportchilarning ota-onalari, ustoz va murabbiylariga minnatdorlik bildirdi.

Toshkentda avtobus haydovchisi transport vositasi ostida qolib, halok bo‘ldi

Toshkentda avtobus haydovchisi transport vositasi ostida qolib, halok bo‘ldi

Avtobusning qo‘l tormozi faollashtirilmagani oqibatida transport vositasi harakatlana boshlagan va uni to‘xtatishga uringan haydovchi avtobus ostida qolib ketgan.

O‘zbek kinosi uchun yangi iste’dodlar: Istanbulda talabalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

O‘zbek kinosi uchun yangi iste’dodlar: Istanbulda talabalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Turkiyada tahsil olayotgan yoshlar o‘zbek kinosining bugungi holati, yangi filmlar va xalqaro hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashdi.

Namanganda 560 mln so‘mlik dori vositalari yoqib yuborildi

Namanganda 560 mln so‘mlik dori vositalari yoqib yuborildi

Tadbir davomida jami 138 031 flakon dori vositasi, 225 kilogramm dori vositalari xomashyosi, 39 053 dona qadoqlash idishlari hamda ishlab chiqarish jihozlari ham yo‘q qilindi.