Iqtisodiyot

Biznesni rivojlantirish banki IT sohasidagi startaperlar va biznes vakillarini qo‘llab quvvatlamoqda

Biznesni rivojlantirish banki "BRB Fintech Hackcelerator" IT-tanlovini/Xakatonni boshlanganini eʼlon qildi.

Biznesni rivojlantirish banki IT sohasidagi startaperlar va biznes vakillarini qo‘llab quvvatlamoqda

Ushbu tadbir O‘zbekistonda IT-biznesni qo‘llab-quvvatlash, innovatsion mahsulotlar yaratish va aholining moliyaviy savodxonligini oshirishga qaratilgan. Xakaton Amity universiteti, Yandex, O‘zbekiston IT hamjamiyati va Veon AdTech kabi yetakchi tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

 

 

Sovrin jamg‘armasi 300 mln so‘m bo‘lgan ushbu Xakaton uchun 200 ta jamoalardan ariza topshirilgan, ulardan jami 206 ta aʼzosi bo‘lgan 47 ta jamoa tanlab olingan. Jamoalar yetakchi IT kompaniyalar, tadbirkorlik subyektlari, universitetlar va taʼlim muassasalarining kuchli vakillaridan tashkil topgan.

 

 

Bir oylik "BRB Fintech Hackcelerator” musobaqasi davomida yaratilgan mahsulotlar va yechimlar tadbirkorlar uchun innovatsion xizmatlarni yaratish, ularga yangi imkoniyatlarni ochishga yordam berishi kutilmoqda.

 

47 ta jamoani bir oylik intensiv ish kutmoqda, ular yetakchi mentorlardan maslahat va ko‘rsatmalar olgan holda o‘z potensiallarini ochish va yaratiladigan IT-mahsulotlar uchun maqbul yechimlarni topishni ko‘zlashgan.

 

 

Biznesni rivojlantirish bankining ushbu tadbirdan asosiy maqsadi O‘zbekistonda IT-biznesni, startaperlarni va dasturchilarni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishdan iborat. "BRB Fintech Hackcelerator"ni har yili o‘tkazish, innovatsion mahsulotlar yaratiladigan hamda tajriba almashinadigan maydonga aylantirish rejalashtirilgan.

custom img

Dunyo chuqur qayta qurish jarayonlarini boshidan kechirmoqda — Prezident Shavkat Mirziyoyev

Prezident Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining yalpi yig‘ilishida nutq so‘zlamoqda.

custom img

Toshkentda bir soatlik elektr uzilishi iqtisodiyotga 3,5 mln dollar zarar yetkazishi mumkin

Ayrim omillar sabab real zarar biroz kamroq bo‘lishi, ikkilamchi oqibatlar hisobga olinganda esa yo‘qotishlar karrasiga ortishi ehtimoli bor.

custom img

May oyida so‘m kursi qanday o‘zgardi?

Apreldagi mustahkamlanishdan so‘ng milliy valyuta may oyida dollarga nisbatan qadrsizlandi. So‘mning kunlik tebranuvchanligi esa sezilarli oshdi.

custom img

O‘zbekistonning davlat qarzi 2026-yil I chorakda 47 mlrd dollarga yetdi

Mazkur miqdorning 85 foizi tashqi, 15 foizi ichki qarz hissasiga to‘g‘ri keladi.

custom img

O‘zbekiston ilk bor xalqaro IPO orqali 600 million dollardan ortiq investitsiya jalb qildi

“O‘zbekiston Respublikasi Milliy investitsiya jamg‘armasi” aksiyalari London va Toshkent fond birjalarida ommaviy savdoga chiqarildi.

custom img

Qozog‘istonning Yevroosiyo banki O‘zbekistondan chiqishi ortidan milliardlab zarar ko‘rdi

Zarar investitsiyalar qadrsizlanishi natijasida yuzaga kelgan.

custom img

O‘zbekistonda tashkilot va muassasalar 178,1 trln so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi

143 205 ta subyekt soliq imtiyozlaridan, 15 346 ta tashkilot bojxona imtiyozlaridan foydalangan.

custom img

O‘zbekistonga 2026-yilda 53 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb etiladi

Prezident barcha rahbarlar uchun investitsiya sifati asosiy mezon bo‘lishi shartligini bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"