O'zbekiston

Shahnoza Mirziyoyeva O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari bo‘ldi

Qo‘mita tarkibida yangi tayinlovlar amalga oshirildi.

Shahnoza Mirziyoyeva O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari bo‘ldi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning maxsus topshirig‘iga asosan adaptiv sportni rivojlantirish hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarni adaptiv sportga jalb qilish maqsadida “Adaptiv sport turlari assotsiatsiyasi” tashkil etildi.

 

Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktor o‘rinbosarlari O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi, “O‘zbekiston maxsus  olimpiadasi” jamoat birlashmasi, O‘zbekiston ko‘zi ojizlar sport federatsiyasi, O‘zbekiston karlar sport federatsiyalari birinchi o‘rinbosarlari etib tayinlandi.

 

Xususan,

- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya Milliy agentligi direktori o‘rinbosari Tashxodjayev Muxtorxon Maxsudovich adaptiv sport assotsiatsiyasi raisi;

 

- agentlik direktorining birinchi o‘rinbosari Mirziyoyeva Shahnoza Shavkatovna O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari;

 

- agentlik direktori o‘rinbosari Abdullayev Sirojiddin Saʼdullayevich O‘zbekiston Maxsus olimpiyadasi Respublika jamoat birlashmasi raisining birinchi o‘rinbosari;

 

- agentlik direktori o‘rinbosari Abruyev Jamshid Ismailovich O‘zbekiston Ko‘zi ojizlar sporti federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari;

 

- agentlik huzuridagi Ijtimoiy inspeksiya rahbari Kutpiddinov Xusniddin Muxiddinovich O‘zbekiston Karlar sporti federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandilar.

 

Endilikda nafaqat parasport turlari, balki nogironligi bo‘lgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan boshqa sport turlari ham keng rivojlantiriladi.

 

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Kuz-qish mavsumida gaz resurslari mavjud hajm va ob-havo sharoitidan kelib chiqib taqsimlanadi.

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Sud tomonidan tayinlangan jinoiy jarima MIB tomonidan to‘liq undirilib, sud hujjati ijrosi taʼminlandi.

Jizzaxda soliq qarzi sabab ikkita BYD xatlandi

Jizzaxda soliq qarzi sabab ikkita BYD xatlandi

Qarzdorlik bartaraf etilmagan taqdirda, mashinalar auksionda sotiladi.