O'zbekiston

Sirdaryoda odam savdosi bilan shug‘ullangan ayol ushlandi

U qo‘shnilarini fohishalikka sotmoqchi bo‘lgan.

Sirdaryoda odam savdosi bilan shug‘ullangan ayol ushlandi

Sirdaryo viloyatida huquq-tartibot idoralari xodimlari uch nafar qo‘shnisini fohishalik uchun xorijga sotmoqchi bo‘lgan ayolni qo‘lga oldi. Bu haqida Oliy sud matbuot xizmati xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, huquq-tartibot idoralari xodimlari ayolni uch nafar tanishi bilan chegara postida to‘xtatgan. U o‘zi bilan birga bo‘lgan ayollar uning qo‘shnilari ekanini, ular shunchaki, kuzatib qo‘yish uchun chiqqanini aytgan. Tekshiruv davomida sudlanuvchi jabrlanuvchilarning pasportlaridan foydalangan holda elektron aviachiptalar sotib olgani maʼlum bo‘lgan.

 

U 2024 yilning aprel oyida Rossiyadan O‘zbekistonga qaytib, kam taʼminlangan qo‘shnilarining ishonchiga kirgan va ularni xorijda fohishalik bilan shug‘ullanib, yaxshigina pul topish mumkinligiga ishontirgan.

 

Sudlanuvchi jabrlanuvchilarning o‘zlari bu taklifga rozi bo‘lganini aytib, jazosini yengillashtirishni so‘ragan. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 3 yil 6 oy qamoq jazosi tayinlandi.

 

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Kuz-qish mavsumida gaz resurslari mavjud hajm va ob-havo sharoitidan kelib chiqib taqsimlanadi.

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Sud tomonidan tayinlangan jinoiy jarima MIB tomonidan to‘liq undirilib, sud hujjati ijrosi taʼminlandi.

Jizzaxda soliq qarzi sabab ikkita BYD xatlandi

Jizzaxda soliq qarzi sabab ikkita BYD xatlandi

Qarzdorlik bartaraf etilmagan taqdirda, mashinalar auksionda sotiladi.