0

Toshkent metropolitenida metall detektorlar o‘rnatiladi

Bu xavfsizlik choralarini ta’minlashga xizmat qiladi.

Toshkent metropolitenida metall detektorlar o‘rnatiladi

 

Toshkent metropolitenining barcha bekatlarida maxsus metall detektor qurilmalarini o‘rnatish ishlari boshlandi. Bu haqida "Toshkent metropoliteni" DUK xabar berdi.

 

Qayd qilinishicha, Toshkent metropolitenidan foydalanuvchi yo‘lovchilar soni kun sayin ortib bormoqda. Bu esa metropoliten xodimlaridan qo‘shimcha mas’uliyat va javobgarlikni talab etadi. Shu bois, bekatlardagi xavfsizlik choralarini ta’minlash va yo‘lovchilarga sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadida barcha metro bekatlarida maxsus metall detektor qurilmalarini o‘rnatiladi.

 

"Shu o‘rinda yo‘lovchilardan o‘zi va o‘zgalar xavfsizligiga befarq bo‘lmasliklarini hamda xavfsiz xizmat ko‘rsatilishida yaqindan yordam berishlarini so‘raymiz", - deyiladi xabarda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"